Grizmann: "Barselona" aqlbovar qilmas natijalarga erishishi mumkin"
22 mar 2021 15:04
Yangiliklar
Grizmann: "Barselona" aqlbovar qilmas natijalarga erishishi mumkin"
"Barselona" forvardi Antuan Grizmann La Liga 28-tur doirasidagi "Real Sosedad"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Ko'k-anorranglilar" mehmonda 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Barselona" dastlabki daqiqalardanoq tashabbusni qo'lga oldi. Biz ajoyib o'ynadik va mudofaada muvaffaqiyatli harakatlandik. Bu jamoa uchun ajoyib kecha bo'ldi. Har bir o'yinchilarimiz gollar urishga qodir. Biz aqlbovar qilmas natijalarga erishishimiz mumkin", - deydi franciyalik hujumchi.
"Barsa" Ispaniya chempionatida 28 turdan so'ng 62 ochko to'plab, etakchi "Atletiko"dan so'ng (4 ochko farq) ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar