Grilish: "Bu bizning yilimiz deb o'ylagandim"
12 dek 2022 11:41
Yangiliklar
Grilish: "Bu bizning yilimiz deb o'ylagandim"
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilish milliy terma jamoasining Qatarda bo'lib o'tayotgan 2022 yilgi Jahon chempionatini tark etgani haqida gapirdi.
"CHiqib ketganimizdan keyin o'zimni g'alati his qilyapman, buni so'z bilan tasvirlab bo'lmaydi, chunki men bu bizning yilimiz deb o'ylagandim.
Ushbu jamoaning bir qismi bo'lish sharaf edi. So'nggi 4 hafta davomida bu o'yinchilar va xodimlar bilan birga ishlaganimdan faxrlanaman.
Hammamizni aql bovar qilmas rishtalar bog'lab turadi. Kelajakda tarix yaratishni intizorlik bilan kutamiz. Oxirgi 4 hafta mobaynida bizni qo'llab-quvvatlab turgan har bir angliyalik muxlisga rahmat", – dedi Grilish.
Angliyaliklar Jahon chempionati 1/4 finalida Franciya terma jamoasidan mag'lub bo'lib (1:2), musobaqani tark etishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar