Grem Potter "CHelsi"ning jarohatlangan futbolchilari haqida malumot berdi
08 dek 2022 21:42
Yangiliklar
Grem Potter "CHelsi"ning jarohatlangan futbolchilari haqida malumot berdi
"Ris Jeyms to'liq mashg'ulot o'tkazmadi. Fofana esa asta-sekinlik bilan aytganlarimizni to'liq bajarmoqda. Ueslida hali biroz bor, ammo unchalik darajada emas. Ben CHilluell Dubayda individual mashg'ulotlar olib bordi, hozir yigitlar bilan, biroq cheklangan dastur bilan ishlamoqda. Kante esa umumiy mashg'ulotlar qilishdan ancha yiroqda, uning tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda. Kepa ham individual ishlamoqda, so'nggi kunlarda uning tiklanishi ancha tezlashdi.
Loftus-CHik trenajyorda ishlamoqda, kelasi haftadan u umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashishini taxmin qilyapmiz. Buyog'iga futbolchilarning holatiga qaraymiz. Bizda teng kuchli futbolchilar ko'p", - dedi Potter.
"CHelsi" navbatdagi uchrashuvini 27 dekabr kuni o'z maydonida "Bornmut"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar