So’nggi yangiliklar

18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  0 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  2 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  5 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  5 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  35 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3

Gilerme Gedesh: "Namangan menga juda yoqdi. Tinch va yashash uchun qulay shahar ekan" Yangiliklar

Gilerme Gedesh: "Namangan menga juda yoqdi. Tinch va yashash uchun qulay shahar ekan"

Xabaringiz bor, joriy mavsum "Navbahor" tarkibiga bir qator xorijlik futbolchilar qo'shildi. Ular orasida braziliyalik 25 yoshli himoyachi Gilerme Gedesh ham bor.

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Andijon" uchrashuvi arafasida Gedesh klub matbuot xizmati uchun intervyu berdi.            

- Gilerme, suhbatimizni jamoamiz tarkibiga qo'shilishingiz qay tarzda yuz berganligi borasidagi savol bilan boshlasak. Sizni "Navbahor"ga kim taklif etdi?

- Agentim menga Braziliyadan tashqarida o'ynash uchun imkoniyat qidirayotgandi, boisi, muhitni o'zgartirishni istayotgandim. Keyin "Navbahor" varianti paydo bo'ldi va bu menga yoqdi. Natijada "Navbahor" safiga qo'shildim. 

- "Navbahor"ga taklif bo'lishidan oldin yurtimiz futboli haqida taassurotga egamidingiz?

- To'g'risini aytsam, O'zbekiston futboli haqida kam malumotga ega edim. Jamoangizdan taklif bo'lishi bilan mamlakatingiz futboli to'g'risidagi malumotni ko'proq o'rgandim hamda yurtingizda futbol rivojlanayotganligi, "Navbahor" buyuk tarix va ajoyib muxlislarga ega klub ekanligi borasidagi malumotlarga ega bo'ldim.

- Jamoaga moslashish qiyin kechmadimi?

- Yo'q, chunki klub mutasaddilari, murabbiylar shtabi hamda futbolchilar meni juda iliq tarzda kutib olishdi. Men jamoaga juda tez moslashib ketdim. Buning uchun ulardan minnatdorman.

- "Navbahor" tarkibida rasmiy o'yinlarda ham maydonga tushdingiz. Namanganda sizga nima manzur bo'ldi? Bu erda o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Namangan menga juda yoqdi. Juda tinch va yashash uchun qulay, yaxshi shahar ekan. 

- Jamoadagi qaysi futbolchilar bilan do'stlashishga ulgurdingiz?

- "Navbahor"dagi barcha futbolchilar bilan juda yaxshi munosabatdaman.

- O'zbekiston Superligasi uchrashuvlari sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

- Maqul kelgan tomoni – chempionatning raqobatbardoshligi va oson o'yinlarning yo'qligi. Superligada barcha jamoalarning imkoniyati deyarli teng. Bunday chempionatda o'ynash esa juda yoqimli.

- O'zbek tilida ayrim so'zlarni gapiryapsiz, til o'rganishda muammo bo'lmayaptimi?

- Hali o'zbek tilida ravon gapira olmayman, lekin bir nechta so'zlarni bilaman. Tilingizni o'rganish menga unchalik muammo tug'dirmayapti.

- "Navbahor" muxlislari haqida nima deya olasiz? Har holda rasmiy o'yinlar hamda taqdimot marosimida ular bilan uchrashdingiz...

- "Navbahor"ga kelishimga klubning buyuk tarixga ega ekanligi bilan birgalikda, ajoyib, fidoyi, sadoqatli muxlislarga ega ekanligi ham turtki bo'ldi. Buni Namanganga kelishimdan oldin his qilganman. Shahringizga kelib, taqdimot marosimi va rasmiy o'yinlarda jamoa muxlislari haqiqatan ham "Navbahor"ni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashiga guvoh bo'ldim.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика