So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  104 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  40 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

"G'ijduvon" jamoasi sardori: "Yangi mavsumda PRO-Liga yo'llanmasi uchun kurashamiz" Yangiliklar

"G'ijduvon" jamoasi sardori: "Yangi mavsumda PRO-Liga yo'llanmasi uchun kurashamiz"

SHu kunlarda Farg'ona shahrida "Hokim kubogi-2021" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur musobaqaga Buxoro viloyatidan ikki jamoa - "Buxoro" va "G'ijduvon" klublari ham tashrif buyurishgan. Kuni kecha ushbu musobaqa doirasida "Andijon-2" - "G'ijduvon" (4:5) uchrashuvi bo'lib o'tdi. Saytimiz muxbiri uchrashuv yakunida g'ijduvonliklar sardori SHuhrat Sadriddinov bilan intervyu tashkil etdi.


- SHuhrat, "G'ijduvon" jamoasi Farg'onada "Hokim kubogi-2021" musobaqasida ishtirok etmoqda. Jamoa oldidagi rejalar xususida o'rtoqlashsangiz...

- "G'ijduvon"da ayni damda hammasi joyida. Klub rahbariyati tomonidan jamoa azolari har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda. Yangi mavsumda "G'ijduvon" jamoasi oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgan. Mavsumga tayyorgarlik doirasida rahbariyat bizni "Hokim kubogi-2021" musobaqasiga yubordi. Bu musobaqaga kelishdan maqsad bir qator kuchli va tajribali jamoalar bilan o'yin o'tkazgan xolda malakamizni yanada oshirish hisoblanadi. 

- "Hokim kubogi-2021" musobaqasining 1-turi doirada jamoa tarkibida bir qator tajribali futbolchilar maydonga tushishdi, masalan o'tgan mavsumda "Zomin" jamoasi safida harakat qilgan Eldor Karimovni aytish mumkin. Negadir ikkinchi turda jamoa tarkibida bu futbolchilar ko'rinmadi, buning sababi nima?

- To'g'ri aytdingiz, Eldor Karimov va yana ayrim tajribali futbolchilar bilan klubimiz rahbariyati kelishuv arafasida turibdi. Ular ayni damda jamoamizda ko'rikda bo'lib turishibdi. Bundan tashqari "Hokim kubogi-2021" musobaqasi davomida vodiylik yosh iqtidorlarni aniqlash va jamoamiz tarkibiga jalb etishni maqsad qilganmiz.

- "G'ijduvon" bir necha yillardan buyon O'zbekiston chempionatlarida ishtirok etib kelmoqda. Qaysidir manoda jamoaning o'ziga yarasha tarixi bor. Aytingchi, jamoa qachondan yuqori ligalarga chiqishni maqsad qilgan?

- Yangi mavsumda jamoamiz oldiga PRO-Ligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. SHundan kelib chiqqan xolda tarkib shakllantirilmoqda. Nasib bo'lsa muxlislar kelasi mavsumdan "G'ijduvon"ni PRO-Ligada ko'rishlariga umid qilamiz. 

- SHuhrat Sadriddinovning jamoa muxlislariga tilaklari...

- Muxlislar "G'ijduvon" jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishsin. Biz ham ularga munosib bo'lishga, o'z g'alabalarimiz bilan xursand qilishga harakat qilamiz.



Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика