Manuel Noyer: "O'sha vaziyatda juda katta xavf ostiga qo'yayotganimni bilardim"
27 noy 2025 23:17
Yangiliklar
Manuel Noyer: "O'sha vaziyatda juda katta xavf ostiga qo'yayotganimni bilardim"
"Bavariya" posboni Manuel Noyer ECHL umumiy guruh bosqichi 5-turida "Arsenal"ga qarshi o'yinda xatosi sababli o'tkazib yuborilgan gol haqida gapirdi.
Bahsning 77-daqiqasida myunxenliklar posboni o'z joyini tark etib, Martinellining bo'sh darvozaga gol urishiga sababchi bo'ldi.
"Yutqazayotgan paytingda nimalarnidir xavf ostiga qo'yishing kerak bo'ladi. Martinelli Kimmixni ortda qoldirayotganini ko'rdim va bu birga-bir vaziyat bo'lishi mumkin edi. Uni kutib olishga harakat qildim, biroq u to'pni o'ziga moslashtirib oldi. Uning to'pga birinchi teginishi barchasini hal qildi va men aldandim. O'sha vaziyatda juda katta xavf ostiga qo'yayotganimni bilardim", - dedi Noyer.
Ushbu mag'lubiyatdan keyin "Bavariya" 12 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'ringa tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar