Germaniya Evro-2024 musobaqasi uchun 10 ta stadionni tanladi
15 sen 2017 22:35
Yangiliklar


Germaniya Evro-2024 musobaqasi uchun 10 ta stadionni tanladi
Germaniya futbol ittifoqi 2024 yilgi Evropa chempionati bahslarini mamlakatda qabul qilish niyatida.
SHu maqsadda germaniyaliklar UEFAga ushbu musobaqani o'tkazish uchun “zayavka” berishmoqchi va turnir uchun 10 ta stadionni tanlab olishdi.
Ushbu ro'yxatdan Berlin (“Olimpiyashtadion”), Myunxen (“Alyans Arena”), Dyusseldorf (“Esprit-Arena”), SHtutgart (“Mersedes-Benc-Arena” Keln (“Reyn Energi SHtadion”), Gamburg (“Folksparkshtadion”), Leypcig (Red Bull Arena), Dortmund (Signal Iduna Park), Gelzenkirxen (Feltins-Arena) va Frankfurt (Kommercbank-Arena) shaharlaridagi stadionlar o'rin olgan.
Stadionlarni ularning reytingidan kelib chiqqan holda maxsus komissiya azolari tanlab olishdi. Nyurnberg, Gannover, Menxengladbax va Bremen shaharlarining talabnomalari rad etildi.
O’xshash yangiliklar
16:49
Bundesliganing TV bo'yicha 2025/26 yilgi mavsum uchun pul taqsimoti: har bir klub qancha oladi? 1

Fikrlar