Gennadiy Kochnev: "Ikkinchi goldan keyin o'yinni tashlab yubordik"
11 okt 2023 01:15
Yangiliklar
Gennadiy Kochnev: "Ikkinchi goldan keyin o'yinni tashlab yubordik"
Pro-liganing 20-turida "Xorazm"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "G'ijduvon" bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Birinchi bo'limda tezkor gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik qizil kartochka oldik. Bu o'yinning borishini o'zgartirib yubordi. Ikkinchi bo'limning 20 daqiqaligida borimizni berib harakat qildik. Yigitlar bir kishi kam ekanligimizni bildirmaslikka intilishdi. Ikkinchi gol esa barchasiga nuqta qo'yib bo'ldi. SHundan keyin jamoa o'zini tiklay olmadi.
Ikkinchi goldan keyin o'yinni tashlab yubordik. Bugungi o'yinda mag'lub bo'lganimiz alamli bo'ldi. CHunki g'alaba turnir jadvalida yuqoriroqqa ko'tarilishimizga sabab bo'lardi. Biroq unday bo'lmadi. Raqobatchilarning natijalari ham bizga qo'l kelgandi. "Andijon-SGS" durang o'ynagandi. Balki bu ham yigitlarni bo'shashtirgandir. Navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar