Gaskoyn: "Tushunmayman, u nega "Real"ga o'tmadi?"
21 avg 2024 23:57
Yangiliklar
Gaskoyn: "Tushunmayman, u nega "Real"ga o'tmadi?"
Sobiq futbolchi Pol Gaskoyn hujumchi Xarri Keynning "Bavariya"ga o'tgani haqida gapirdi.
Angliyalik hujumchi o'tgan mavsumda Bundesliganing 32 o'yinida 36 gol urdi, biroq sovrin yuta olmadi.
"Uning nega "Real"ga emas, "Bavariya"ga o'tganini tushunmadim. Ispaniyada faqatgina shug'ullanib, futbol o'ynashmaydi, u erda barchasidan lazzat olsa bo'ladi. Madrid - ajoyib shahar, Bellingem ham o'sha erda.
Keyn Evroda o'zini ko'rsata olmadi. Menimcha, u o'zining transferidan mamnun emas, chunki Germaniya u istagan joylardanmas.
"Real"ga o'tgan ingliz futbolchilariga qarang: Makmanaman, Ouen, Bellingem... Ularga qarab, albatta, Keynga nega "Real"ga o'tmagani borasida savol berish mumkin", - dedi Gaskoyn.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar