Gallaxer ilk bor Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi
14 noy 2021 22:10
Yangiliklar
Gallaxer ilk bor Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi
Angliya termasi tarkibida o'zgarish ro'y berdi.
Jamoa matbuot xizmatining xabar berishicha, "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Konor Gallaxer terma ixtiyoriga jalb qilingan. Mazkur chaqiruv 21 yoshli xavbek uchun mamlakat milliy jamoasidagi birinchisi bo'ldi.
Aytishlaricha, u JCH-2022 saralashi doirasidagi San-Marinoga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'radi. SHu bilan birga, Jordan Xenderson ("Liverpul"), Jek Grilish, Raxim Sterling (ikkichi – "Manchester Siti") va Meyson Maunt ("CHelsi") Angliyaga yordam berolmaydi. Ularning barchasi jarohatlarini tiklash bilan band.
Eslatib o'tamiz, Angliya Qatardagi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar