So’nggi yangiliklar

19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  0 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  3 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  1 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  5 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  5 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  21 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  6 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  2 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  7

G'alati dunyo (Bubanyaning g'aroyib hikoyasi) Yangiliklar

G'alati dunyo (Bubanyaning g'aroyib hikoyasi)

Teglar :  "Surxon""qizil VAR"
Telegramdagi "qizil VAR" kanali o'zbek futbolidagi muammolardan biriga to'xtaldi:

Futbolimizda zamonaviy seriallarga asos bo'ladigan qiziqarli voqealar ko'p bo'ladi. Hozir shundaylardan birining xronologiyasini keltiramiz. Faqat diqqat qiling!

1. "Surxon" 2019 yilning fevralida serbiyalik Vladimir Bubanyani o'z safiga qo'shib oldi.

2. Yil oxirida Termiz klubidagi ilk mavsumida 24 o'yin (Superligada) o'tkazgan Bubaya bilan shartnoma uzaytirildi.

3. 2020 yilning yoziga borib Vladimir yo'qolib qoldi.

4. Keyinroq Bubanya shartnomani FIFA orqali bir tomonlama bekor qilib, Serbiyaga jo'nab ketgani malum bo'ldi.

5. Kuzga borib, FIFA "Surxon" klubiga 45 kun muhlat berdi.

6. Bu muddatda Bubanya oldidagi qarzdorlik yopilmagani uchun Termiz klubiga transfer taqiqi qo'yildi. 

7. Noyabrda "Surxon" rahbariyati Bubanya ustida FIFAga arz qildi. Eng kulgilisi, himoyachining klubdan qarzdorligi davo qilindi.

8. 2021 yil fevral oyining avvalida bu ish yopildi.

9. Yangi mavsum startidan oldin bir-birini "yozib yurgan" 2 tomon yangi shartnomaga imzo chekishdi. Qiziq tomoni shundaki, Bubanya avvalroq "Surxon"ga nisbatan shunday tarif ishlatgandi: "savlati yo'q, noproffessional klub"

10. SHu yilning avgust oyiga borib eski scenariy asosida yangi ish ochildi. Bubanya yana FIFAga yozgan. Ish yopilmasa, yana "Surxon"ga transfer taqiqi qo'yiladi.

11. Bubanyadan yaxshiroq futbolchi yo'q, shekilli, u endi "Andijon" tarkibiga jalb qilinmoqda. Umid qilamizki, "burgutlar" rahbariyati serbning maoshini o'z vaqtida berib boradi. Aks holda nima bo'lishi yuqorida aytildi.

P.s. Kecha Javohir Esonqulov va Akrom Xo'jaevning "Surxon"ga qaytarilgani haqida o'qidik. Yangi mavsum startigacha Bubanya ham Termizga qaytsa, filmlardagi kulminaciyaning hayotdagi variantini ko'rar edik.

"Bu post Vladimir Bubanyaga nisbatan salbiy fikr uyg'otish uchun yozilmadi. Aksincha, o'zbek futbolchilari ham o'z huquqini uningdek bilsa, faqat foydali bo'lardi. Klublardagi mutasaddilar esa hech bo'lmasa 1 xatoni 2 marta takrorlamaslikni o'rganishsin. Hech bo'lmasa...", deyiladi.

SHahar bedarvozami?

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика