So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Futzal. Uchinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi Yangiliklar

Futzal. Uchinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi

Kecha futzal bo'yicha XIX milliy chempionatimizning birinchi tur, uchinchi kungi bellashuvlari o'tkazildi.
Odatga ko'ra, kechagi kunning eng yaxshilarini va ramziy jamoasini tuzib chiqdik.

Eng keskin o'yin: “Lokomotiv” – “Kogon” 2:2

Bu uchrashuvda birinchi bo'limdan keyin kogonliklar 2:0 hisobida oldinda borishayotgan edi, lekin futzalda 2-3 ta to'p farqini bemalol yo'qqa chiqarsa bo'ladi. “Temiryo'lchilar” ikkinchi bo'limda o'yin tizginini qo'llariga olishdi va bir ochkoni qo'lga kiritishdi.



Eng qiziqqon murabbiy: Abdulla Bo'riev (“Bunyodkor”)

O'zbek futzali yulduzlaridan biri bo'lgan “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Abdulla Bo'riev o'yin payti juda ham qiziqqon insonga aylanadi. Kecha Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan bo'lgan bahsda bir qarashda hammasi yaxshi davom etayotgan pallada uchrashuv hakami yo'l qo'ygan xato o'yin tizginini izdan chiqarib yubordi. Tabiiyki, “qaldirg'ochlar”ning zarariga chiqarilgan xato qaror klub murabbiyining junbushga kelishiga sabab bo'ldi.



Eng yaxshi o'yinchi: Farhod Miraxmatov (“Lokomotiv”)

“Lokomotiv” etakchisi kechagi bahsning birinchi bo'limida raqib o'yinchisi bilan to'qnashib ketishi natijasida o'ng elkasidan jarohat oldi. Bir necha daqiqalik tekshiruvdan keyin u o'yinga qaytdi, lekin uchrashuvni elkasidagi og'riq bilan davom ettirdi va gol ham urdi. Jamoasining qiyin vaziyatdan chiqib ketishida Farhod Miraxmatovning hissasi katta bo'ldi.



Eng chiroyli gol: Konstantin Sviridov (“Olmaliq”)

Olmaliqliklar uchun juda ham qiyin kechgan o'yinda Sviridov o'z jamoasini ruhlantiruvchi gollarni kiritdi. Uning ikkinchi goli chiroy bobida kechagi gollarning barchasini ortda qoldirdi. Burchakdan erlatib uzatilgan to'pni to'xtatmasdan darvozabonning shundoqqina peshonasidan joylab qo'yish har kuni ham bo'lavermaydi.



Eng yaxshi darvozabon: Elyor Samadov (“Paxtakor”)

Dastlabki ikki o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng, nihoyat “sherlar” g'alaba qozonishdi. Elyor Samadov esa o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, uning bir necha bor qiyin zarbalarni bartaraf etishi klubining muhim g'alabani qo'lga kiritishiga sabab bo'ldi.



Eng yaxshi jamoa: “Ardus”

Kechagi uchrashuvlar davomida eng mazmunli va ishonchli o'yinni aynan “Ardus” ko'rsatdi. Klub bir tekis va tartibli o'yin namoyish etmoqda. Dilshod Irsaliev hamda Artur Yunusov kabi yulduzlarning jamoaga qaytishi “Ardus”ni yana favoritlar qatoriga kirishini taminladi.



Eng omadsiz jamoa: “Bunyodkor”

Kechagi o'yinda “qaldirg'ochlar” birinchi bo'lib to'p kiritganlariga qaramay mag'lub bo'lishdi. Buning ustiga, hisob teng bo'lib turganda dabl penaltidan foydalana olishmadi. Yana bir nechta vaziyatlarda “Nasaf” posboni Ahmad Boyxonboev o'zini ko'rsatdi.

Birinchi tur, uchinchi kunida o'tkazilgan o'yinlardan tuzib chiqqan ramziy jamoamiz quyidagicha:

Darvozabon: Elyor Samadov (“Paxtakor”)
O'yinchilar: Artur Yunusov (“Ardus”), Konstantin Sviridov (“Olmaliq”), Farhod Miraxmatov (“Lokomotiv”), Oybek Polvonov (“Nasaf”)
Zahiradagi o'yinchilar: Ilnar Baxtiev (“Paxtakor”), Davron Valijonov (“Bunyodkor”), Sohib Narzullaev (“Kogon”), Eldor Xoshimov (“Ardus”)


Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика