So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Futzal. Toshkent viloyati terma jamoasi O'zbekiston chempioni! Yangiliklar

Futzal. Toshkent viloyati terma jamoasi O'zbekiston chempioni!

Farg'onada futzal bo'yicha 2004 yilda tug'ilgan bolalardan iborat BO'SM va IBO'SM jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

7ta jamoa ikkita guruhga ajratilgan holda g'oliblik uchun kurash olib bordi. O'z guruhlarida peshqadam bo'lgan Farg'ona va Toshkent viloyati terma jamoasi yakunda final yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi.

Gollarga boy, qiziqarli kechgan finalda Toshkent viloyati terma jamoasi mezbonlarga hech qanday imkoniyat qoldirmay 3:7 hisobida g'alaba qozondi. Aytish kerak, Toshkent viloyati terma jamoasi mazkur yosh toifasida ketma-ket uchinchi bor finalga chiqib, ikkinchi marta g'alaba qozonmoqda. Terma jamoa asosini Qibray tumanida joylashgan Alisher Ibrohimov rahbarlik qilayotgan BO'SM tarbiyalanuvchilari tashkil qiladi. So'nggi yillarda olib borilayotgan ishlarning samarasi o'laroq ushbu BO'SMning aksar tarbiyalanuvchilari sportning boshqa yo'nalishlarida ham Toshkent viloyati terma jamoasi safidan o'rin olib kelmoqda. Xususan, Farg'onada chempion bo'lgan tarkibdan ham BO'SMning 8 nafar tarbiyalanuvchisi joy olgan.

O'ZBEKISTON CHEMPIONATI
1-tur

Sirdaryo – Farg'ona – 3:7
Xorazm – Andijon – 3:3
Jizzax – Navoiy – 5:4

2-tur
Farg'ona – Andijon – 9:0
Sirdaryo – Xorazm – 5:3
Toshkent viloyati – Jizzax – 9:4

3-tur
Xorazm – Farg'ona – 4:8
Andijon – Sirdaryo – 4:1
Navoiy – Toshkent viloyati – 5:8

Yarim final
Farg'ona – Jizzax – 9:3
Toshkent viloyati – Andijon – 11:3

Final
FARG'ONA – TOSHKENT VILOYATI – 3:7



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика