So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Bekzod Mamatqulov: "2026 yildan barcha futzal klublari alohida yuridik tashkilotga aylanadi. Endi futbol klublariga og'irligi tushmaydi. Ronaldino bilan kelishib olgandik, lekin..." Yangiliklar

Bekzod Mamatqulov: "2026 yildan barcha futzal klublari alohida yuridik tashkilotga aylanadi. Endi futbol klublariga og'irligi tushmaydi. Ronaldino bilan kelishib olgandik, lekin..."

Ertaga bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Superkubok uchrashuvi oldidan poytaxtdagi "Wyndham Tashkent" mehmonxonasida O'FF rahbariyatining OAV vakillari bilan brifingi o'tkazildi.

Brifingda so'z olgan O'FF prezidenti  Bekzod Mamatqulov quyidagilarni aytib o'tdi:

"2026 yildan barcha futzal klublari alohida yuridik tashkilotga aylanadi. Endi futbol klublariga og'irlik tushmaydi. Hozir 85 foiz klublarimiz mana shunday tashkilotga aylanib bo'ldi.

Yangi mavsumda O'zbekiston chempionatida 31 nafar legioner o'ynaydi. 12 ta klubning 8 tasida legioner bor. Klublar yana 10 kun ichida legioner futzalchini qo'shib olishlari mumkin.

O'zbekiston chempionatidagi klublar qaydnomaga majburan 1 nafar yosh, o'smirni qo'shib olishlari shart etib belgiladik. Shunday qilmasak, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi rivojlanmaydi.

Bu yil futzal klublarining yillik byudjeti 4 milliard so'mga etdi. Minimal maoshni 5 million so'm qildik.

O'zbekiston chempionati 7 sentyabr kuni start oladi. 1 ta turda 36 ta o'yin bo'ladi. Yani 12 ta klub 3 ta uchrashuv o'tkazadi. Hozircha tur o'yinlari markazlashgan holda o'tadi.

O'tgan mavsum bir klub 16 nafar futzalchidan 9 nafariga maosh bergan va qolgani quruq rahmatga o'ynagan.

27 avgust kuni jahon yulduzlari va o'zbek futboli afsonalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Afsuski, unga hammani taklif qila olmaymiz. Sababi xavfsizlik masalasi. Hozir Toshkentda bitta yaroqli stadion qoldi: "Jar". Shu kunlarda Toshkentda CAFA musobaqasi bo'lib o'tayotgan bo'ladi. Viloyatlarga mehmonlarni olib chiqa olmaymiz. Sababi ularni olib kelish oson bo'lmayapti.

Roberto Karlos qarib qolgan deb yozishmoqda. Lekin u baribir Karlos! 

Masalan, ertangi tadbirga kelish bo'yicha Ronaldino bilan kelishib olgandik, pullar bo'yicha kelishgandik, lekin uchib ketish borasida muammo yuzaga kelgani bois u kela olmaydigan bo'ldi".

Kelajakda terma jamoada braziliyalik futzalchi o'ynashi mumkinmi? Shaxsan men bunga qarshi emasman, lekin futzalchi o'sha mamalakatda kamida 5 yil o'ynagan bo'lishi kerak. Mening principim shunday: maydonda kim kuchli bo'lsa o'sha o'ynasin, uning millati, dini boshqa bo'lishi mumkin, lekin maydonda borini bersin.

Futzal chempionatida VAR tizimi bo'ladi. Lekin bu katta ehtimol ikkinchi davradan yo'lga qo'yiladi.

Ertaga 10 nafar jahon yulduzi va ular bilan birga 15 nafar xodim kelmoqda. Ertalab 7:50 da ular aeroportga kelib qo'nishadi".

Eslatib o'tamiz, "Oil Star" hamda BMB ishtirokidagi Superkubok bellashuvi 26 avgust kuni "Humo Arena"da 18:00 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
21 okt 19:15:15
David Terezege
Futbol klublarimizga xam yaxshi buladi
   
25 avg 15:59:45
Mahmud Ttww
Яхши янгиликлар киритмоқда футзалимизга, чарчаманг.
   
25 avg 15:51:21
rustam
ПОЧЕМУ ВЫ ИНФОРМИРУЕТЕ О ТРАНСФЕРАХ ?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика