So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  5 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  11 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Futzal. To'rtinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi Yangiliklar

Futzal. To'rtinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi

Kecha futzal bo'yicha 2014-2015 yilgi mavsum birinchi tur, to'rtinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tdi.
To'rtinchi kungi o'yinlardan kelib chiqqan holda eng yaxshilar va ramziy jamoani tuzib chiqdik.

Eng keskin o'yin: “Kogon” – “Nafis” 6:6

Kechagi o'yinga qadar hali birorta ham ochko jamg'ara olmagan samarqandliklar etti ochko bilan etakchilar orasida borayotgan “Kogon”ga qarshi kutilganidanda yaxshiroq qarshilik ko'rsata oldi. Uchrashuv esa murosasizlik bobida kechagi bahslarning istalganini ortda qoldirdi. Bunday o'yinni shunchaki, tomosha qilish kerak xolos.



Eng qiziqqon murabbiy: Xolbek Yo'ldoshev (“Do'stlik-AIN”)

Peshqadamlardan biri bo'lib turgan “Olmaliq” bilan Xolbek Yo'ldoshev jamoasi munosib o'yin namoyish etdi. Hakamlar yo'l qo'ygan xato murabbiyning g'azabini qo'zg'adi, hakamlarning xatolari bilan bog'liq vaziyat birinchi marta bo'layotgani yo'q.



Eng yaxshi o'yinchi: Bahodir Ahmedov (“Maksam-CHirchiq”)

O'zbek futzalining tirik afsonasi bo'lmish Bahodir Ahmedov “Paxtakor”ga qarshi o'tkazilgan kechagi bellashuvda mahorat bobida qolganlardan bir bosh ustun ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Eng qizig'i, yoshi qolganlardan ancha katta bo'lishiga qaramasdan Ahmedov kecha butun o'yinni almashtirishsiz to'liq o'tkazdi. Bunga faqatgina tasanno deyish mumkin.



Eng chiroyli gol: Javlon Anorov (“Olmaliq”)

Bundan avvalgi bahslarda yirik hisobda raqiblarini mag'lub etib kelayotgan “Olmaliq” uch ochkoni qo'lga kiritish uchun juda ko'p ter to'kishiga to'g'ri keldi. Javlon Anorovning bosh bilan kiritgan chiroyli goli esa qiyin g'alabaning gultoji bo'ldi.



Eng yaxshi darvozabon: Elyor Domlaev (“Maksam-CHirchiq”)

CHirchiqliklar kecha uch ochkoni o'zlariniki qilishdi, bu yutuqda darvozabonning ham hissasi katta bo'ldi. Elyor Domlaev bir nechta vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi.



Eng yaxshi jamoa: “Nafis”

Tarkib jihatidan kechagi raqibidan ancha bo'sh bo'lgan samarqandliklar o'zlari uchun kerakli ochkoga ega bo'lishdi. Tinimsiz hujumlar ostida kechgan bahsda “Nafis” ham o'z so'zini ayta oladigan klub ekanligini isbotladi.



Eng omadsiz o'yinchi: Ruslan Berdibekov (“Maksam-CHirchiq”)

SHu kungacha eng omadsiz jamoani tanlab olayotgan edik, ammo kechagi “Paxtakor” - “Maksam-CHirchiq” uchrashuvida chirchiqliklarning 13 raqamdagi o'yinchisi Ruslan Berdibekovning omadsiz o'yini etiborimizni tortdi. Hisob 1:0 bo'lib turganda Bahodir Ahmedovning super pasidan so'ng Ruslan bo'm-bo'sh darvozaga to'pni to'g'rilab yuborsa bo'ldi edi, lekin gol urishdan ko'ra, gol urmaslik qiyinroq bo'lgan vaziyatda o'yinchi qiyin variantni tanladi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, Yannis Mandzukas uni darvozabon bilan birga-bir chiqarib yubordi. Ammo, Ruslan bu safar ham gol urishni istamadi. Xullas, kechagi kunning eng omadsizi Ruslan Berdibekov.



Endi esa birinchi tur, to'rtinchi kungi o'yinlardan kelib chiqib tuzib chiqqan ramziy jamoamizni etiboringizga havola etamiz.

Darvozabon: Elyor Domlaev (“Maksam-CHirchiq”)
O'yinchilar: Alisher Ahmedov (“Nafis”), Bahodir Ahmedov (“Maksam-CHirchiq”), Zarif Begulov (“Ardus”), Umid Ernazarov (“Lokomotiv”).
Zahiradagi o'yinchilar: Rashid Jabborov (“Kogon”), Eldor Xoshimov (“Ardus”), Javlon Anorov (“Olmaliq”), Zafar Azamatov (“Lokomotiv”).


Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика