So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Futzal. Oybek Abdurahmonov: "Uy-safar tizimini joriy qilinishi futzal jamoalarining yanada kuchayishiga olib keladi" Yangiliklar

Futzal. Oybek Abdurahmonov: "Uy-safar tizimini joriy qilinishi futzal jamoalarining yanada kuchayishiga olib keladi"

“Neftchi” - “So'g'diyona” futzal jamoalari (3:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Oybek Abdurahmonov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Oybek aka, bugungi qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklaymiz.   Kechagi uchrashuvdan farqli ravishda ravishda bugun “So'g'diyona” futzal jamoasi g'alaba qozondi.   Kecha mag'lubiyat va bugun esa xuddi shu jamoa ustidan g'alaba. Buni qanday izoxlaysiz?
- Biz kechagi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqardik. Kechagi o'yinda qo'l qo'ygan xatolarimizni tahlil qilib chiqdik, yo'l qo'ygan kamchiliklarimizdan xulosa chiqardik. Ikkinchi o'yinga tarkibimizda ham o'zgarish qilishga majbur bo'ldim. “Neftchi” futzal jamoasiga qarshi yangi taktika bilan bugungi o'yinda maydonga tushdik va bu samara berdi deb o'ylayman.    

- Bu murabbiyning shogirdlarini o'z vaqtida ruhlantira olganligidan dalolatmi?
- Ha, menimcha shunday, xatolar ustida ishladik va g'alaba qozondik.  



- “So'g'diyona” futzal jamoasiga yosh o'yinchilarni saralash, selekciya ishlari haqida gapirib o'tsangiz...
- Biz Jizzax viloyatida o'tkazilgan ikkinchi liga bahslaridan yosh iqtidorli o'yinchilarni mavsum boshida tarkibimizga jalb etdik. Tarkibimiz asosan yosh mahalliy futbolchilardan iborat.

- Mavsum davomida ham yosh iqtidorli futbolchilarni tarkibga jalb etib borasizlarmi?
- Ha, biz doimiy ravishda yosh futbolchilarni kuzatamiz, ular orasidan iqtidorlilarini tarkibimizga jalb etamiz.  Bizga etibor berib, sharoit yaratayotganliklari uchun  “So'g'diyona ” klubi rahbariyatiga, O'FAga, PFLga amalga oshirilayotgan islohotlar uchun minnatdorchilik bildiraman. Futzalda uy-safar tizimini joriy qilinishi futzal jamoalarini yanada kuchayishiga olib keladi.      

Bekzod Tolibov yozib oldi.    

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика