So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  22 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  15 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Futzal: Osiyo CHempionatidagi raqiblarning tayyorgarligi haqida Yangiliklar

Futzal: Osiyo CHempionatidagi raqiblarning tayyorgarligi haqida

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining Osiyo CHempionati guruh bosqichidagi raqibi – Qirg'iziston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
Endilikda Qirg'iziston terma jamoasini Rustam Isaev boshqaradi. Isaev ayni damda, shuningdek, Qirg'izistonning Bulat klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Takidlash lozim, terma jamoani shu paytgacha boshqarib kelgan Nurjan Jebibaev OCH bahslari oldidan istefoga chiqarildi. Aynan Jebibaev boshchiligida Qirg'iziston terma jamoasi o'tgan yilning noyabr oyida Toshkentda bo'lib o'tgan OCH saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib OCH final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Isaevga endilikda rossiyalik taniqli murabbiy Andrey Polxovskiy yordam beradi. Aynan Polxovskiy murabbiyligida Moskvaning Dinamo klubi etti marotaba Rossiya chempionatida, shuningdek 6 marotaba Evropa CHempionlari Kubogida g'alaba qozongan edi.

Qayd etish lozim, Qirg'iziston terma jamoasi aprel oyi o'rtasida Qozog'istonning Olma-Ota shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi va Qozog'iston klublariga qarshi o'rtoqlik-nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi. Dastlab, Qirg'iziston termasi futzalchilari SKA klubiga qarshi uchrashuvda 7:2 hisobida g'alaba qozongan bo'lsalar, Olma-Otaning Qayrat klubiga qarshi o'yinda 5:6 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 30 aprel kuni Vetnamda start oladigan OCH guruh bosqichidagi ilk o'yini aynan Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'yin 1 may kuni bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика