So’nggi yangiliklar

13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  1 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  1 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   6 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   11 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  1 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"ни яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1

Futzal. "Neftchi" tarix yaratdi Yangiliklar

Futzal. "Neftchi" tarix yaratdi

Teglar :  Futzal Neftchi
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 2018 yilgi mavsumi Farg'onaning "Neftchi" jamoasi uchun omadli keldi.

Farrux Zokirov shogirdlari joriy mavsum yakunlari bo'yicha turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab bronza medallariga ega chiqishdi.  Aytish kerakki, Farg'ona futzali tarixida hali bunday natija qayd etilmagan edi.

So'nggi  turda farg'onaliklar Toshkentda mehmon bo'lishdi. "Bunyodkor"ga qarshi bahs yuritgan Vodiy jamoasi ilk o'yinda 5:3 hisobida mag'lub  bo'ldi. Ushbu bellashuvda Xushnur Erkinov dubl qayd etgan bo'lsa, Husniddin Nishonov bir marta raqib darvozasiga aniq yo'l topdi.

Ertangi bahsda mehmonlar dastlabki o'yin natijasi shunchaki omadsizlik ekanligini isbotlashdi. Bugun bo'lib o'tgan raqobatda "Neftchi" "Bunyodkor" darvozasiga 7 marta aniq yo'l topdi! Mezbonlar esa 3 marta javob golini kiritishdi. G'ulom Mamajonov hamda Husniddin Nishonovlar dublga erishdilar. SHuningdek, Said Rizo Mirsharofov hamda Xushnur Erkinovlar ham o'z nomlarini qaydnomaga yozdirib qo'yishdi. Mavsum o'rtasidan boshlab "Neftchi"ning asosiy darvozaboniga aylangan Elyor Domlaev allaqachon muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. Darvozabon "Bunyodkor"ga qarshi so'nggi tur o'yinida penaltidan gol kiritib, tarixiy mavsumning so'nggi to'piga egalik qildi. Yakuniy hisob, 7:3, "Neftchi" g'alabasi!

Bellashuvdan so'ng farg'onaliklar katta murabbiyi Boburbek Madaminov ortda qolgan tarixiy mavsum borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:


- Biz yangi tarix yaratdik. Ilgari Farg'ona futzal jamoalari Respublika miqqiyosida bunday natijalar qayd etishmagan edi. Biz viloyatimiz sharafini munosib himoya qilganimizdan xursandmiz. Ochig'ini aytish kerak, og'ir mavsum o'tkazdik. Yil yarmida jamoa safini bir qator mahoratli futzalchilar tark etishiga qaramay yanada olg'a bordik va natijalarni yaxshiladik. Erishilgan muvaffaqiyatlarning barchasi mehnatlarimizning samarasidir. SHu o'rinda, mavsum davomida bizni har tarafla qo'llab-quvvatlab kelgan klubning futbol jamoasi bosh murabbiyi Bahrom aka Haydarov, klub rahbariyatidan Abdusamad aka Nazirdinov hamda  Zoxid aka G'ofurovlarga futzal jamoamizning xar bir azosi nomidan rahmat aytmoqchiman, - dedi Boburbek Madaminov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика