Futzal. JCH-2021. Muxlisga aylangan Messi va Neymar, shogirdiga medalini tuhfa qilgan murabbiy, Eronga 8 ta gol urgan O'zbekiston hamda uning raqami ruchka bilan yozilgan libosda va omad tumori bilan maydonga tushgan raqiblari haqida hikoya qilamiz
20 avg 15:22
Yangiliklar
Futzal. JCH-2021. Muxlisga aylangan Messi va Neymar, shogirdiga medalini tuhfa qilgan murabbiy, Eronga 8 ta gol urgan O'zbekiston hamda uning raqami ruchka bilan yozilgan libosda va omad tumori bilan maydonga tushgan raqiblari haqida hikoya qilamiz
Futzal bo'yicha FIFA tasnifidagi to'qqizinchi jahon chempionatiga 2021 yilning 12 sentyabr — 3 oktyabr kunlari Litva mezbonlik qildi. Aslida mazkur mundial bir yil ilgari o'tkazilishi kerak edi, biroq COVID-19 pandemiyasi sababli musobaqa bir yil ortga surildi.
Mazkur musobaqada ilk marotaba video qo'llab-quvvatlash tizimidan (VS) foydalanildi. SHuningdek, birinchi marta ayol hakamlar jalb etildi.
Turnirda 6 konfederaciyadan 24 mamlakat ishtirok etdi. Pandemiya sababli jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tashi kerak bo'lgan 2020 yilgi Osiyo chempionati bekor qilindi hamda 2018 yilgi qita chempionatida eng yaxshi ko'rsatkichga erishgan 5 jamoa mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ulardan uchtasi — Eron, Yaponiya, O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri mundial ishtirokchisiga aylangan bo'lsa, yana ikkita yo'llanma egasi pley-off o'yinlari orqali aniqlandi.
Butunjahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan va 2020 yil dekabr oyida Sport arbitraj sudi qaroriga muvofiq, Rossiya terma jamoasi mamlakat futbol ittifoqining (RFU) neytral sportchilari sifatida ishtirok etdi va Rossiya Olimpiya qo'mitasi bayrog'idan foydalandi.
Jahon chempionatining "B" guruhidan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi ilk turda so'nggi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol tufayli Gvatemalaga 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'zbekistonga qarshi o'yindagi g'alabadan keyin Gvatemala darvozaboni muvaffaqiyatining siri sifatida qizi sovg'a qilgan omad keltiruvchi tumorni taqib yurishini aytgan. Ammo "omad tumori" keyingi o'yinlarda o'z kuchini yo'qotdi va jamoa guruhda qolib ketdi.
Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2021
1-tur
O'ZBEKISTON - GVATEMALA - 4:5
12 sentyabr 2021 yil. Vilnyus. "Vilnius Arena" majmuasi.
Hakamlar: Nikola Yelich (Xorvatiya), CHiara Perona (Italiya), Eduardo Fernandes (Portugaliya).
VAR hakami: Ondrey CHerni (CHexiya).
Vaqtga masul hakam: Borislav Kolev (Bolgariya).
Komissar: Sergey Silva (Litva).
Kordinator: Joe Riccello (Italiya).Gollar: Fernando Kampanyak 4, - 0:1. Marvin Sandoval 5, - 0:2. Ixtiyor Ropiev 6, - 1:2. Alan Aguilar 7, - 1:3. Marvin Sandoval 22, - 1:4. Ixtiyor Ropiev 25, - 2:4. Ixtiyor Ropiev 35, - 3:4. Uolter Enrikes 39 avtogol - 4:4. Alan Aguilar 40, - 4:5.
O'ZBEKISTON (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron CHoriev.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 11.Akbar Usmonov, 14.Xushnur Erkinov, 15.Sunnatilla Jo'raev.
Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov (O'zbekiston).
Gvatemala (birinchi beshlik): 2.Uilyam Ramires, 5.Edgar Santizo, 7.Xose Mansilla, 9.Uolter Enrikes, 10.Marvin Sandoval.
Zaxira: 12.Xose Reyes, 3.Pablo Moran, 6.Aleksander Alay, 8.Roman Alvarado, 11.Alan Aguilar, 13.Vanderley Ruiz, 15.Patrik Ruiz, 16.Fernando Kampanyak.
Bosh murabbiy: Estuardo De Leon (Gvatemala).Ogohlantirishlar: Akbar Usmonov 24, Uolter Enrikes 26, Sunnatilla Jo'raev 28, Fernando Kampanyak 32.
2-turda esa Bahodir Ahmedov shogirdlari Rossiyaga munosib qarshilik ko'rsatganiga qaramasdan, 2:4 hisobida yutqazib qo'ydi.
"B" guruhi, 2-tur
Vilnyus, Litva
O'zbekiston — Rossiya 2:4
Gollar: 10 - Robino (1:0), 11 - Artyom Niyazov (2:0),21 - Davron CHoriev (1:2), 27 - Mashrab Odilov (2:2), 34 - Artyom Niyazov (2:3), 34 - Artyom Niyazov (2:4)O'ZBEKISTON (birinchi beshlik): 12. Ravshan Eliboev, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhom Hamroev, 8. Husniddin Nishonov, 10. Davron CHoriev
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 11.Akbar Usmonov, 14.Xushnur Erkinov, 15.Sunnatilla Jo'raev.
Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov (O'zbekiston).
Rossiya (birinchi beshlik): 16.Dmitriy Putilov, 10.Robino, 12.Ivan CHishkala, 14.Danil Davidov, 15.Andrey Afanasev.
Zaxira: 2.Albert Caider, 3.Romulo, 4.Artyom Antoshkin, 5.Ruslan Kuziev, 6.Yanar Asadov, 7.Ivan Milovanov, 9.Sergey Abramov, 11.Artyom Niyazov, 13.Sergey Abramovich.
Bosh murabbiy: Sergey Skorovich.
Ogohlantirish: 11 - Davron CHoriev
"Oq bo'rilar"ni 3-turda faqat va faqat g'alaba qanoatlantirardi. Bo'lajak raqib Misr ham uch ochko ilinjida maydonga chiqqandi. Qiyin o'tgan bellashuvda O'zbekiston 2:1 hisobida g'alaba qozonib, guruhda ikkinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga yo'l oldi.
Jahon chempionati
"B" guruhi. 3-tur
O'zbekiston - Misr 2:1
Gollar: 2 - Husniddin Nishonov (1:0), 19 - Mustafo Eid (1:1), 33 - Anasxon Rahmatov (2:1)20.00, "Vilnyus Arena" majmuasi
Dastlabki beshlik: 12.Ravshan Eliboev, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron CHoriev
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 16.Abbos Elmurodov, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Dilshod Rahmatov, 11.Akbar Usmonov, 14.Xushnur Erkinov, 15.Sunnatilla Jo'raev
Misr: Abdulnosir, Dunga, Mansur, SHula, Alla
Zaxira: SHober, Elashval, Bodi, Ahmed, Said, Eid, Xusni,Koki, Yusri
Misr terma jamoasi mundialdan avval ham Tailandda xalqaro turnirning 3-o'rin uchun kechgan bellashuvida O'zbekistonga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. O'sha musobaqa misrlik futzalchining libosi ko'pchilikning diqqatini tortgandi. Gap shundaki, yarim final doirasidagi mezbonlarga qarshi o'yinda afrikaliklarning uchinchi darvozaboni raqami ruchka bilan chizilgan libosda maydonga chiqqani tasvirlarda aks etgan. Mazkur voqeadan so'ng Misr futbol associaciyasi rasmiylari voqea bo'yicha tekshiruv ishlari amalga oshirilishini malum qildi.
Osiyoning etakchi jamoasi Eronga qarshi nimchorak final bahsi esa dramatik ruhda kechib, mundialning eng shiddatli o'yinlaridan biriga aylandi. Jami 17 ta gol urilgan uchrashuvda eronliklar 9:8 hisobida zafar quchdi. Afsuski, bellashuv so'ngida katta ustunlikka ega bo'lgan Bahodir Ahmedov shogirdlariga hisobni tenglashtirish uchun vaqt etmadi.
JCH-2021. Nimchorak final.
O'zbekiston - Eron 8:9Gol: Husniddin Nishonov 9', 33', Dilshod Rahmatov 17', Ixtiyor Ropiev 18', Anasxon Rahmatov 27', 39', Ilhom Hamroev 30', 40' – Ali Hasanzoda 1', 22', 28', Mahdi Javid 5', 25', Said Ahmad Abbosi 16' 37', Farhod Tavakkoli 18', Muslim Oladgodbah 29'
O'zbekiston: 12. Ravshan Eliboev, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhom Hamroev, 8. Husniddin Nishonov, 10. Davron CHoriev
Zaxira: 1. Rustam Umarov, 16. Abbos Elmurodov, 2. Anasxon Rahmatov, 3. Mashrab Odilov, 5. Muzaffar Ahadjonov, 7. Dilshod Rahmatov, 11. Akbar Usmonov, 14. Xushnur Erkinov, 15. Sunnatilla Jo'raev
Eron: 2. Alirizo Samimi, 5. Hamid Ahmadi, 6. Muhammadrizo Sangsefidi, 7. Ali Hasanzoda, 9. Said Ahmad Abbosi
Zaxira:1. Safir Muhammadi, 3. Ahmad Ismoilpur, 4. Alirizo Rafeipur, 8. Muslim Oladgodbah, 11. Farhod Fahim, 12. Muhammad SHajari, 13. Farhod Tavakkoli, 14. Mahdi Javid, 15. Taha Nematian
Ogohlantirish: Anasxon Rahmatov (24)
Yopiq maydonda o'tkazilgan mundialni nafaqat futzal ixlosmandlari, balki professional futbol yulduzlari ham kuzatib bordi. Jumladan, Lionel Messi, Ronaldino, Neymar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali hamyurtlarini qo'llab-quvvatlayotgani aks etgan bir nechta post joyladi.
Yulduzlarning o'z uylaridan turib sevimli jamoalarini kuzatib borishiga qaramay, Litvadagi mundialda tomoshabinlar tashrifi bo'yicha eng yomon ko'rsatkich qayd etildi. Musobaqadagi har bir o'yinini o'rtacha 1187 kishi tomosha qildi.
Mundialning hal qiluvchi uchrashuvida Rikardino etakchiligidagi Portugaliya amaldagi chempion Argentinani mag'lub etib, o'z tarixida ilk marotaba bosh sovrinni qo'lga kiritdi. SHu tariqa, kubok 17 yildan so'ng Evropa qitasiga qaytdi.
Portugaliya terma jamoasi afsonasi Rikardino jahon chempionati boshlanishiga olti oy qolganida jiddiy jarohatga yo'liqdi. Uning mundialda qatnashishi so'roq ostida edi. Biroq Ronalduning vatandoshi o'zida kuch va jurat topa oldi hamda yakunda chempionlik bilan birga turnirning eng yaxshi futzalchisi deb topildi.
"Terma jamoada 18 yil davomida faoliyat yuritdim. Ko'plab o'yinlar, ko'plab turnirlar, to'rtta jahon chempionatlarida qatnashdim. Men har doim yaxshi sport formasida bo'lganman. Biroq olti oy muqaddam kasalxonada edim. Faoliyatimdagi eng qiyin operaciyani boshdan o'tkazdim. SHundan so'ng to'pni zo'rg'a tepa boshladim, Portugaliya terma jamoasi tarkibidan o'rin olish va jamoaga yordam berish uchun siz tasavvur qilganingizdan ham ko'proq mehnat qilishimga to'g'ri keldi. Olti oy oldin bu imkonsizdek tuyulardi. Faoliyatimni yakunlash haqida o'yladim, mazkur mundial butun umrim davomida orzu qilgan kubokni qo'lga kiritish uchun so'nggi imkoniyatim ekanligini va shu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan bo'lsam, butun umrim davomida pushaymon bo'lishimni bilardim", dedi Rikardino.
Mundialning yana bir esda qolarli voqeasi sifatida Argentinalik murabbiy Matias Lukuiksning muruvvatini yodga olish mumkin. Musobaqada kumush medalni qo'lga kiritgan janubiy amerikaliklar bosh murabbiyi taqdirlash marosimida mundial boshlanishidan avval chap tizzasidan olgan jarohati tufayli qaydnomaga kirmay qolgan, shunday bo'lsa-da, jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Litvaga borgan shogirdi Lukas Tripodiniga o'z medalini tuhfa etdi.
"A" guruhi
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Qozog'iston | 3 | 2 | 1 | 0 | 10-2 | 7 |
Venesuela | 3 | 2 | 1 | 0 | 4-2 | 7 |
Kosta-Rika | 3 | 1 | 0 | 2 | 7-9 | 3 |
Litva | 3 | 0 | 0 | 3 | 3-11 | 0 |
"B" guruhi
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Rossiya | 3 | 3 | 0 | 0 | 17-3 | 9 |
O'zbekiston | 3 | 1 | 0 | 2 | 8-10 | 3 |
Gvatemala | 3 | 1 | 0 | 2 | 9-14 | 3 |
Misr | 3 | 1 | 0 | 2 | 7-14 | 3 |
"C" guruhi
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Portugaliya | 3 | 2 | 1 | 0 | 14-4 | 7 |
Marokash | 3 | 1 | 2 | 0 | 10-4 | 5 |
Tailand | 3 | 1 | 1 | 1 | 11-9 | 4 |
Solomon orollari | 3 | 0 | 0 | 3 | 4-22 | 0 |
"D" guruhi
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Braziliya | 3 | 3 | 0 | 0 | 18-2 | 9 |
CHexiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 6-6 | 4 |
Vetnam | 3 | 1 | 1 | 1 | 5-12 | 4 |
Panama | 3 | 0 | 0 | 3 | 4-13 | 0 |
"E" guruhi
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Ispaniya | 3 | 3 | 0 | 0 | 12-3 | 9 |
Paragvay | 3 | 2 | 0 | 1 | 6-6 | 6 |
Yaponiya | 3 | 1 | 0 | 2 | 11-10 | 3 |
Angola | 3 | 0 | 0 | 3 | 6-16 | 0 |
F" guruhi
Jamoa | O'yin | G'alaba | Durang | Mag'lubiyat | To'plar nisbati | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|
Argentina | 3 | 3 | 0 | 0 | 17-3 | 9 |
Eron | 3 | 2 | 0 | 1 | 8-6 | 6 |
Serbiya | 3 | 1 | 0 | 2 | 11-7 | 3 |
AQSH | 3 | 0 | 0 | 3 | 2-22 | 0 |
1/8 final
Rossiya — Vetnam 3:2
Venesuela — Marokash 2:3
Qozog'iston — Tailand 7:0
Argentina — Paragvay 6:1
Braziliya — Yaponiya 4:2
O'zbekiston — Eron 8:9
Portugaliya — Serbiya 4:3 (q.b)
Ispaniya — CHexiya 5:2
1/4 final
Marokash — Braziliya 0:1
Rossiya — Argentina 1:1 (p. 4:5)
Ispaniya — Portugaliya 2:4 (q.b.)
Eron — Qozog'iston 2:3
1/2 final
Braziliya — Argentina 1:2
Portugaliya — Qozog'iston 2:2 (p. 4:3)
3-o'rin uchun
Braziliya — Qozog'iston 4:2
Final
Argentina — Portugaliya 1:2
Gollar: Klaudino (28) — Pani Varela (15, 28)
"Oltin butsa": Ferrao (Braziliya, 9 ta gol)
"Oltin to'p": Rikardino (Portugaliya)
"Oltin qo'lqop": Nikolas Sarmiento (Argentina)
"Fair Play": Qozog'iston
Futzal. JCH-1996. Braziliya "trebl" qayd etdi
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar