So’nggi yangiliklar

21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  0 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  13 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  104 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11

Futzal. Jamoliddin SHaripov: “Kolumbiya va Portugaliya juda kuchli” Yangiliklar

Futzal. Jamoliddin SHaripov: “Kolumbiya va Portugaliya juda kuchli”

“Olmaliq” futzal klubi ketma-ket ikkinchi mavsum O'zbekiston chempioni bo'ldi. Jamoa Kubok finalida “Ardus”ga yutqazib qo'ygach chempionat finalida aynan shu raqibdan ustun kelishga muvaffaq bo'ldi.

Biz o'tgan mavsumda 38ta gol urib chempionat to'purariga aylangan Jamoliddin SHaripovning fikrlari bilan qiziqdik.

- 38ta gol urib o'tgan mavsum to'purari bo'ldingiz...
- To'g'risi mavsum avvalida to'purar bo'laman deb o'ylamagan edim. Jamoadoshlarim tufayli ham ko'p gollar urishga erishdim. Mavsum boshida ko'p gol urishni emas “Olmaliq” chempion bo'lishini maqsad qilib qo'ygan edik. SHukurki maqsadimizga erishdik. SHaxsiy sovrinlar esa doim yoqimli. To'purar bo'lganim uchun sheriklarimga ham katta rahmat aytaman.



- Kubok finallari haqida nima deya olasiz?
- Kubok bahslariga kelsak “Olmaliq”da yo'qotishlar bor edi. Uch-to'rt nafar futbolchida jarohat bor edi. Finallarga 100 foiz tayyor emasdik. “Ardus” kubok o'yinlarida bizdan kuchlilik qildi.

- CHempionatda esa “Olmaliq” g'olib bo'ldi...
- Oliy liganing birinchi finalida yirik hisobda mag'lub bo'ldik. Bu bahsdan so'ng yigitlar bilan yig'ilib o'zimizga mavsumdagi oxirgi o'yinda, so'nggi soniyagacha kurashishga so'z berdik. Jarohatini endi davolagan bo'lsa ham bazi yigitlar borini berib o'ynashdi va ikkita uchrashuvda zafar quchdik. CHempion bo'lishdan ko'ra unvonni saqlab qolish qiyin, bunga erishganimizdan juda xursandman. 



- Iyul oyida “Olmaliq” klubi Tailandda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Guruhimizni kuchsiz deb ayta olmayman. Guruh bosqichida Osiyo chempionatining amaldagi g'olibi Eroning “Tasisat Daryoi” va Livan chempioni “Al Mayadin”bilan o'ynaymiz. Oson bo'lmaydi lekin biz O'zbekiston futzali qanday darajada ekanligini ko'rsatmoqchimiz.

- Osiyo chempionatida klub oldiga qanday vazifa qo'yildi?
- “Olmaliq” har bir o'yinda g'alaba uchun tushadi va O'zbekiston sharafini munosib himoya qilishga urinadi.



- O'tgan hafta futzal bo'yicha Jahon chempionatiga qura tashlandi. Guruh bosqichidagi raqiblar borasida qanday fikrdasiz?
- Kolumbiyadagi mundialga qura tashlash marosimi o'tkazildi. O'zbekiston “A” guruhida mezbon Kolumbiya, Portugaliya va Panama bilan o'ynaydigan bo'ldi. Kolumbiya chempionat mezboni va jahonning eng kuchli 6 terma jamoasidan biri hisobalandi. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi deb bejizga aytishmaydi. Portugaliya safida dunyoning eng yaxshi futzalchisi o'ynashidan barchaning xabari bor. Evropa jamoasi ham juda kuchli. Panama esa “sirli tulpor”. Lekin mundialga qadar murabbiylar shtabi barcha malumotlarni to'plab bizga bu haqda aytib o'tishadi. Kuzgacha hali ancha vaqt bor.

- Muxlislarga tilaklaringiz…
- Muxlislarimizga bizni qo'llab quvvatlab turishlarini tilayman. Ularning ishonchini oqlash uchun borimizni beramiz. Muxlislarning g'alabalarimizda katta xissasi bor.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика