So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Futzal. Farruh Zokirov: "Bugungi zamonaviy futzal juda rivojlanib bormoqda" Yangiliklar

Futzal. Farruh Zokirov: "Bugungi zamonaviy futzal juda rivojlanib bormoqda"

“Neftchi” - “So'g'diyona” futzal jamoalari (3:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Farruh Zokirov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Kechagi uchrashuvdan farqli ravishda ravishda bugun “Neftchi” futzal jamoasi mag'lub bo'ldi.   Bugungi qiyin o'tgan uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Kecha biz 4:0 hisobida g'alaba qozongandik. SHu boisdan So'g'diyona jamoasi bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgani sezildi. Ular uchrashuv boshidanoq bizga bosim o'tkaza boshlashdi. SHuningdek raqiblarmiz yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishdi. SHu kabi omillar sabab bo'ldi shekilli, shogirdlarim birinchi bo'limda o'yin hayajonnini bosishda qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirdik, baribir yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanishda “So'g'diyona” jamoasi bizdan ko'ra bir oz ustunlik qildi. “So'g'diyona” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.  

- “Neftchi” futzal jamoasiga yosh iqtidorli futbolchilarni saralab olish tartibi qanday amalga oshirilmoqda?  

- “Neftchi” futzal jamoasiga mavsum boshida bir qator yosh iqtidorli futbolchilarni saralab oldik. Hozir ularni katta o'yinlarga tayyorlash, tajriblarini orttirish borasida tizimli ishlarni yo'lga qo'yganmiz. Kelajakda bu futbolchilardan jamoamizga nafi tegadigan mahoratli futbolchilar chiqishiga ishonchim komil.Biz muntazam ravishda yoshlarni kuzatib bormoqdamiz, iqtidorli yoshlarni jamoamizga mavsum davomida jalb etishga harakat qilamiz.        


- Siz o'z vaqtida O'zbekiston futzal terma jmaosi safida ham o'ynagansiz. Tajribali futzalchi sifatida yoshlarga qanday tavsiyalar berasiz?

- Bugungi zamonaviy futzal juda rivojlanib bormoqda. Maydondagi futbolchilardan tezkorlik va aqlini ishlatib o'ynash, uchrashuv uchun tayyorlangan taktikalarga to'liq amal qilish talab etiladi. Yoshlarga o'z ustidalarida tinimsiz ishlashlari, tirishqoqlik bilan harakat qilishlarini, ko'proq uchrashuvlarni kuzatib xulosa qilishlari lozimligini aytib o'taman.

Bizga har tomonlama sharoit yaratib berayotganliklari uchun “Neftchi” klubi rahbariyatiga, bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman va keyingi uchrashuvlarda ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.      

Bekzod Tolibov yozib oldi.    


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика