So’nggi yangiliklar

21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  5 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  9 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13

Futzal bo'yicha JCH. 5 karra jahon chempioni Ukrainani qiyinchilik bilan yutib, finalga chiqdi Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH. 5 karra jahon chempioni Ukrainani qiyinchilik bilan yutib, finalga chiqdi

Mundial yarim finalidan o'rin olgan Ukraina – Braziliya uchrashuvi yakunlandi.

Jahon chempionati

1/2 final

Ukraina – Braziliya  2:3 

Gollar: Ixor CHerniavski 18', Diego 21, 22', Ixor Korsun 29', Diego 36'

Toshkent. "Humo Arena". 20:00

Ukraina (dastlabki beshlik): 2.Oleksandr Suxov, 4.Andrey Melnik, 7.Rostislav Semenchenko, 9.Daniil Abakshin, 13.Ixor Korsun.

Zaxira: 1.Kirilo Cupin, 12.Yuri Savenko, 5.Evgeniy Juk, 6.Mikola Mikituk, 8.Ixor CHerniavski, 10.Mixaylo Zvarich, 11.Artyom Farenyuk, 14.Petro SHoturma.

Braziliya (dastlabki beshlik): 3.Villian, 4.Marlon, 6.Marsel, 7.Diego, 14.Felipe Valerio.

Zaxira: 1.Guitta, 2.Diego Ronkalo, 5.Neguino, 8.Marseno, 9.Leandro Lino, 10.Pito, 11.Ferrao, 12.Artur, 13.Rafael.


Matnli translyaciya


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

36. GOLLLLLL!!! Braziliya terma jamoasi "dabl penalti" tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Diego esa penaltidan adashmadi. Hisob 2:3.

36. Braziliya terma jamoasining ikkinchi darvozaboni Guitta seyv qayd etdi va jamoasini qutqardi.

33. Ukraina terma jamoasi ketma-ket xavfli vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo jamoa vaziyatlardan unumli foydalana olmadi.

29. GOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Ixor Korsun qarshi hujumda hisobni tenglashtirmoqda 2:2.

27. Marselning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

23. Rostislav Semenchenko jarima zarbasidan darvoza to'sini poyladi.

22. GOOLLLLLLLL!!! Diego to'pni darvozabon ustidan to'pni tashlab qo'ydi va Braziliyani hisobda oldinga olib chiqdi.

21. GOLLLLL!!!!! Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqasida Braziliya hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi Diego.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Ukraina 1:0 hisobida oldinda bormoqda.

20. TAYM-AUT!!! Ukraina terma jamoasi birinchi bo'lim yakunlanishiga bir daqiqa qolganida tanaffus olishga qaror qildi.

18. GOOLLLLLLLL!!!! Ixor CHerniavski darvoza burgachini nishonga oldi va hisobni ochdi.

16. Ukraina terma jamoasi sardori Petro SHoturma jarohat oldi va uni zambilda olib chiqib ketishdi.

15. Marsel yaqin masofadan noaniq zarba berdi.

15. TAYM-AUT! Braziliya terma jamoasi tanaffus olish imkoniyatdan foydalandi.

12. Ixor CHerniavski raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo zarba o'ta noaniq bo'ldi.

10. Leandro Lino Ukraina darvozabo xatosidan unumli foydalandi va gol urdi. Bosh hakam VARga murojaat qildi va yakunda golni bekor qildi.

9. Mikola Mikituk burchak zarbasidan so'ng zarba berdi, ammo zarba noaniq

8. Rostislav Semenchenkodan o'ta noaniq zarba.

7. ZARBAAAAA!!! Mikola Mikituk braziliyalik futzalchini aldab o'tib darvoza ustunini poyladi.

6. Artur darvozasini to'sinini mo'ljalladi, qaytgan to'pga esa ukrainalik futzalchilar ega chiqdi.

5. Ukraina terma jamoasidan xavfli zarba, ammo braziliyalik darvozabon to'pni qaytardi.

4. Ferrao bugungi uchrashuvdagi birinchi aniq zarbani amalga oshirdi. Suxov o'z o'rnida.

1. Uchrashuv boshlandi!!!



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика