So’nggi yangiliklar

12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  8 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  9 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5

Futboldagi fantastik noaniq zarbalar: Sterlingdan tortib Kubagacha Yangiliklar

Futboldagi fantastik noaniq zarbalar: Sterlingdan tortib Kubagacha

Bugun “daholar”ni bir erga jamlaymiz.

Rahim Sterlingning "Lion"ga qarshi chorak finalda ko'rsatgani "Siti"ga qimmatga tushdi - xuddi shu vaziyatdan keyin "Lion" qarshi hujumga o'tdi va Mussa Dembele o'yinga "nuqta" qo'ydi. 

Albatta, Sterlingning "hunar"idan battar holatlar ham futbol tarixida uchragan. Ana shunday fantastik noaniq zarbalarni to'plashga harakat qildik. Quyida birma-bir tomosha qiling.


Rahim Sterling (“Manchester Siti”), 2020 yil

Jezusdan ajoyib pas – Sterlingdan dahshatli xato. Ha, “millionlar o'yini”da bunday vaziyatlar uchrab turadi, ammo eng yomoni, bu holat jamoangga katta minus keltirishi va pand berib qo'yishidadir.


Yakub (Kuba) Blashikovski ("Borussiya" Dortmund), 2010 yil

Ehtimol, so'nggi o'n yillikning eng unutilmas xatolaridan biri, garchi bu Dortmund uchun muhim bo'lmagan vaziyat bo'lsa ham. O'yindan keyin Yurgen Klopp uni qoralamadi, faqat bu yana ro'y bermasligiga umid bildirdi.


Kris Ivelumo (SHotlandiya terma jamoasi), 2008 yil

Futbolchining terma jamoadagi debyuti unchalik muvaffaqiyatli chiqmadi – u bir yarim metrdan darvozani nishonga ololmadi.

"Rafiqam 4-5 kundan keyin o'yindagi ushbu lavhani o'chirishimni talab qildi. Vaziyatni ko'rib chiqdim. Buni amalga oshirish juda qiyin edi, lekin men buni uddaladim", – deya jilmayib qo'ydi Ivelumo.


Freddi Yungberg ("Arsenal"), 2005 yil

Bo'sh darvozaga yo'llangan yana bir zarba. Hatto afsonaviy futbolchilar ham buni o'z boshidan o'tkazgan – Freddi Yungberg ham.


Diego Forlan ("Manchester Yunayted"), 2003 yil

O'rtoqlik uchrashuvi. Darvozabon va himoyachining xatosidan so'ng, Urugvay terma jamoasining bo'lajak sardori bo'sh darvozaga yo'l topa olmagan... Ajablanarlisi shundaki, Forlan "Yunayted"da muvaffaqiyatsizlikka uchragan.


Arnaldo Vera ("Libertad"), 2003 yil

Janubiy Amerika futboli tarixidagi eng aql bovar qilmaydigan xatolardan biri – albatta, hujumga qo'shilgan markaziy himoyachi uchun bu unchalik sharmandali emas (va jamoa g'alaba qozongan), lekin baribir-da!

Yakubu Ayegbeni (Nigeriya terma jamoasi), 2010 yil

Aynan shu xato 2010 yilgi Jahon chempionatida kuzatilgan eng zo'r voqea edi. Keyinchalik nigeriyaliklar baribir hisobni tenglashtirishdi, ammo g'alaba qozonish uchun bu etarli emas edi.


Erik-Maksim SHupo-Moting (PSJ), 2019 yil

Kamerunliklardan qoyilmaqom xato (aniqrog'i, to'sqinlik). U mana oradan bir yil o'tib, PSJni CHempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqdi.


Bonus. Fahad Halfan (Qatar terma jamoasi), 2010 yil

Qatarlik futbolchining amalga oshirgan ishini tariflashning o'zi qiyin. Ushbu voqea 2010 yilgi Yozgi Osiyo o'yinlarining 1/8 finalida O'zbekistonga qarshi uchrashuvda kuzatilgan.

SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика