So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  8 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  7 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Futbolda yangi qoidalar ishga tushmoqda! Yangiliklar

Futbolda yangi qoidalar ishga tushmoqda!

Teglar :  yangi qoida
IFAB 2025/26 yilgi mavsumdan ishga tushadigan yangi qoidalarni tasdiqladi.

Unga ko'ra, ushbu yozdan etiboran darvozabon qo'lidagi to'pni 8 soniyadan ko'proq ushlab tursa bosh hakam tomonidan burchak zarbasi belgilanadi. IFAB bu borada ko'plab tajribalar o'tkazgan va yangi qoidaga qatiy amal qilish hulosasiga kelgan. Bosh hakam qo'lini ko'targan holda 5 soniya sanaydi. Sanoq esa qachonki darvozabon to'pni to'laqonli nazoratiga olganidan keyin boshlanadi. Bunda darvozabon qanday holatda ekanligi inobatga olinmaydi.

Burchak zarbasi esa darvozabon qoidani buzgan nuqtasiga yaqin bo'lgan burchakdan amalga oshiriladi. Qachonki bu qoidabuzarlik yana davom etsa darvozabon sariq kartochka bilan jazolanadi.

Shuningdek, yangi mavsumdan etiboran yana bir qancha qoidalar kuchga kiradi:

- endilikda faqatgina jamoa sardorlari bosh hakam bilan suhbatlashishlari mumkin.

- agarda o'yin to'xatilsa-yu, to'p jarima maydonchasi ichida bo'lsa, to'p himoyalanayotgan tomon darvozaboniga beriladi. Agarda to'p jarima maydonchasi tashqarisida bo'lsa, o'yin to'xtatilguniga qadar to'p qaysi jamoada bo'lsa, o'sha tomonga beriladi. Agarda bosh hakam buni aniqlashga qiynalsa, to'p so'nggi bora tekkan jamoaga beriladi.

- agarda murabbiylar shtabi azosi, zaxiradagi futbolchi, almashtirilgan futbolchi, chetatilgan futbolchi yoki vaqtincha maydondan tashqarida bo'lib turgan o'yindagi futbolchi maydondan deyarli chiqib ketayotgan to'pga tegib ketsa yoki atayin tegsa, o'sha jamoa zarariga erkin zarba beriladi. Bazida mag'lub bo'layotgan jamoa azolari to'pni tezroq o'yinga kiritish uchun to'pni olib berishga harakat qilishadi. Bunday holatda ham o'sha jamoa zarariga erkin zarba amalga oshirilishi mumkin, biroq bu holatga kartochkalar ko'rsatilmaydi.

- darvozabon to'pni qo'li bilan otib bergandagi offsaydni aniqlashda to'pga oxirgi marta kontakt bo'lgan paytdagi nuqta inobatga olinadi. Shunday holatda offsaydni aniqlash yanada osonlashadi.

Endi turnir tashkilotchilari hakamlarga VAR yoki uzoq vaqtli videotekshiruvlardan keyin chiqariladigan qarorlarni muxlislarga ovoz chiqargan holatda elon qilishlarini talab qila olishadi.

Reyting: -5   

Fikrlar

   
29 mar 17:50:22
Bu shunchaki o'yin
Futbol qoidalarini 1970 yillardagi qoidalar holatiga tushiring, Ana ko'rasiz jozibani
   
29 mar 11:02:25
Husniddin_LFC
Bu mayda chuyda oʻzgarishlar xozirgi futbolga ta'sir qilmaydi.
   
29 mar 04:09:46
{ CHELSEA }
Infantino fudbolni tomon qilyapti... Oldin Blatter bilan Platini edi, Endi Infantino... Tinchgina FIFA kotibi boʻlib yurovrsang boʻlarkan...
   
29 mar 03:20:19
FCB
Maydonni sal kichraytirib darvozani kattaroq qilsa xbetchiar totalga ham uynasa boladi.
   
29 mar 01:03:41
Odilbek Abdushukurov
Baketbolda ham shunday edi, 8 sekunddan ko‘p ushlab turolmaydi to‘pni.
   
29 mar 00:54:12
Bavariya champion
Fudbolni jozibasi qomagan
   
29 mar 00:11:06
Ayubkhon Mukhammadjonov
abdimobile Abdimobilevich foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu Infantino deganlari futbolni ketiga tiqib, hech kim qiziqmaydigan sport turiga aylantirib, keyin ketsa kerak
IFAB boshqa tashkilot, FIFA bilan maslahatlashmasdan qaror qiladi
   
29 mar 00:07:38
Buxoro Bexruz
Bu qarorlar bilan futbol ham oʻlarkanda unda. Bu hozirgi FIFA prezidenti juda chichib qoʻymoqda har xil qarorlar qabul qilib
   
29 mar 00:04:47
abdimobile Abdimobilevich
Bu Infantino deganlari futbolni ketiga tiqib, hech kim qiziqmaydigan sport turiga aylantirib, keyin ketsa kerak
   
29 mar 00:02:38
Tilla
Ахмокона карорлар, биттаям тузуги йу́к
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика