So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

"Futbol vaqtini 60 daqiqa qilish kerak" - Pike futbol formatini o'zgartirmoqchi Yangiliklar

"Futbol vaqtini 60 daqiqa qilish kerak" - Pike futbol formatini o'zgartirmoqchi

"Barselona"ning sobiq sardorining so'zlariga ko'ra, zamonaviy yoshlar 90 daqiqa davomida bitta o'yinni ko'ra olmasligini takidladi va misol tariqasida o'z o'g'lini keltirdi.

Jerar Pike "Twitch" platformasida Ibai Lanos bilan suhbat davomida Superliga va bugungi futbol formatini o'zgartirish zarurligini aytib o'tdi. 

Superliga haqida
"Milanga futbol yoqadi, lekin u butun o'yinni ko'ra olmaydi: Florentino Peres Superliga va bugun odamlar shartnomani boshqacharoq tarzda qabul qilishlari haqida aytgan gaplariga to'liq qo'shilaman. Biroq Superliga muammoni hal qilardi deb hisoblamayman. Superliganing taqdimoti — jiddiy omadsizlik edi. Men Florentinoni qattiq hurmat qilaman, lekin o'shanda ajablangandim. Men u bir o'zi loyiha taqdimotini o'tkazayotganini ko'rib, fikrlarimni jamlay olmadim: bunday yo'l bilan u nimaga erishmoqchi bo'lgani tushunarsiz".

Kontent haqida
"Bugun insonlarga maydon atrofida bo'layotgan voqealar qiziqroq. Bolalar esa 90 daqiqa bahsni ko'ra olmaydi. Ular ijtimoiy tarmoqlarga o'rgangan, shu sababli ikki-uch daqiqa futbol ko'rib, keyin boshqa narsaga o'tib ketishadi. Odamlarni yakuniy natija emas, transferlar ko'proq qiziqtiradi".

O'yinlar formati haqida
"Biz uzoq yillar davomida foydalanib kelgan formatni o'zgartirish zarur. Oson bo'lmaydi, lekin juda muhim – sportning barcha turlarida shu kabi o'zgarishlar Bizning vazifamiz tomoshabin etiborini tortish. Hozirgi kunda ularning vaqti juda kam va imkon boricha ko'proq malumot olishni istaydi. Qisqa, lekin shu bilan birga qiziq mahsulot taklif qilish kerak. Men o'yinlar vaqtini 50-60 daqiqagacha qisqartirardim – shu etarli bo'lardi. Hozirgi format ancha eskirgan".


Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика