So’nggi yangiliklar

20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  10 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  6 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  20 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Futbol agenti: "Lokomotiv" Slavko Damyanovichga bu yil umuman oylik bergani yo'q" Yangiliklar

Futbol agenti: "Lokomotiv" Slavko Damyanovichga bu yil umuman oylik bergani yo'q"

Championat.asia saytining instagramdagi sahifasiga Igor Petkovich xat yo'lladi.

"Xayrli kun, menining ismim Igor Petkovich, 2010-2014 yillarda O'zbekistoning "Mashal", "Olmaliq" va "Neftchi" klublarida o'ynaganman.

Ayni paytda "Lokomotiv" klubi azosi Slavko Damyanovich haqida malumot bermoqchiman. Futbolchi 2 yanvar kuni klubning BAAdagi yig'iniga qo'shilgandi, hozir 17 aprel. Bugunga qadar "Lokomotiv" unga biron marta oylik bermadi, kvartira uchun ham pul berishmadi. Slavkoning xotini va bolasi ham O'zbekistonda. Klubdagi boshqa futbolchilarga rahmat, unga yordam berib turishibdi. "Lokomotiv" klubiga bu vaziyatda uyat bo'lishi kerak. Qanday yashayotgani borasida bilish uchun Slavkoga jamoadan hech kim qo'ng'iroq ham qilmayapti. Koronavirus tufayli hozir aviaqatnovlar to'xtatilgan. Agar ochiq bo'lganida samolyotga o'tirib uyga qaytardi. Sizlardan ushbu malumotni saytga joylashingizni so'rayman", - deb yozadi Igor Petkovich.

Eslatib o'tamiz, aprel oyi boshida "Bunyodkor" klubi ham 2020 yil davomida umuman oylik maosh olishmagani haqida xabar chiqqandi. 14 aprel kuni PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev "Bunyodkor" klubi xodimlari va futbolchilarga yanvar oyi oyligi to'lagani haqida yozgandi. 


Championat.asia sayti o'zbek klublarida o'ynayotgan va ishlayotgan insonlarni eshitishga doim tayyor. Oyliklar bilan bog'liq muammolar bo'lsa saytimizning instagramdagi rasmiy sahifasiga yozing. Malumot bergan shaxs anonimligi saqlab qolinadi. 

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика