So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  1 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  14 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Furqat O'rolov: “Pulkada 1-o'rinni olgan jamoa kelasi yil birinchi ligada aniq ishtirok etadi degani emas” Yangiliklar

Furqat O'rolov: “Pulkada 1-o'rinni olgan jamoa kelasi yil birinchi ligada aniq ishtirok etadi degani emas”

Teglar :  G'allakor-Barsa
Farg'onada ikkinchi liga klublari o'rtasida kechayotgan pulka o'yinlarida G'allorolning “G'allakor-Barsa” jamoasi ham ishtirok etmoqda.

O'z vaqtida birinchi ligada doimiy ishtirokchilardan biriga aylangan ushbu jamoa so'nggi yillarda moliyaviy muammolar tufayli ikkinchi ligaga tushib ketgandi. Endilikda g'allaorolliklar yana o'z joyiga qaytishga urinib ko'rmoqda. Biz esa Farg'onada o'tayotgan pulka bahslari jarayonida “G'allakor-Barsa” ustozi Furqat O'rolov bilan suhbatlashdik.

- Furqat aka, boshqaruvingizdagi jamoa yana pulkada ishtirok etmoqda. Aniq vazifa joriy etilgan bo'lsa kerak?
- Albatta, bu yil Farg'onaga kelib, o'tish turnirida ishtirok etishdan asosiy maqsadimiz kelasi yil birinchi ligada qatnashishdir. CHunki G'allaorol xalqi futbolni juda sevadi. Ular katta futbolni sog'inib qolishgan.

- Ammo shunday deysizku, jamoangiz shu kungacha o'tkazgan ikkita uchrashuvda ham mag'lub bo'ldi.
- Bilasizmi bu o'tish turnirida 1-2-o'rinlarni egallagan jamoalar kelasi yil aniq birinchi ligada ishtirok etadigan degani emas. Gap shundaki, pulkadan oldin PFLda ishtirokchi klublarning rahbari va murabbiylari bilan yig'ilish o'tkazildi va unda agarda, jamoaning sharoitlari ko'ngildagidek bo'lib, reglamentdagi talablarga to'la javob bersa, ishtirok etishi uchun maxsus komissiya ko'rib chiqishi mumkin. Yani bizda sharoitlar talabga javob beradi.

- SHu bois ikkita mag'lubiyatdan keyin ham bundan sira tushkunlikka tushmayapsizlar ekanda?
- Aytib o'tganimdek, bizning asosiy maqsadimiz kelasi yil tumanda katta futbol qilish. Ishqibozlar futbolni sog'inishgan. SHaroitlarga keladigan bo'lsak, hammasi talabga javob beradi deb o'ylayman. Stadonimiz qaytadan tamirdan chiqarilmoqda. Bugungi kunda ham G'allaorolda stadionda tamirlash ishlari jadallik bilan ketmoqda. Nasib qilsa 1 yanvardan qayta foydalanishga topshiriladi.

- Moliyaviy jihatdan ahvol qay darajada?
- Nolimaymiz. Tumanimiz hokimi imkon qadar jamoaga har tomonlama yordamini ayamayapti. O'zi ham futbolga qiziqqani uchun sharoit qilib berishga urinmoqda. Fursatdan foydalanib u kishiga ham butun jamoa nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman.

- Jamoangizning juda sust ishtirok etishiga nima sabab?
- Biz bu erga asosan yoshlar bilan keldik. Ularning ko'pi bungacha ikkinchi ligada o'ynagan. Endi-endi birinchi ligaga chiqishmoqda. Nasib qilsa kelasi yil birinchi ligada ishtirok etadigan bo'lsak, tarkibni ham kuchaytiramiz.

- O'tish o'yinlari borasida fikringiz qanday?
- Saviya oshgan deya olaman. Ikkinchi liga klublari xuddi birinchi liga jamoalari singari taassurot qoldirmoqda. SHu bois bahslar ham murosasiz ruh ostida o'tmoqda.

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика