Franciya TJ sobiq ustozi: “Grizmann “Atletiko”dagi darajasida emas, Dembeleda esa Messi yoki Ronaldudagi kabi xarakter yo'q”
31 mar 2021 20:54
Yangiliklar
Franciya TJ sobiq ustozi: “Grizmann “Atletiko”dagi darajasida emas, Dembeleda esa Messi yoki Ronaldudagi kabi xarakter yo'q”
Raymon Domenek “Barselona”ning ikki forvardi Antuan Grizmann va Usmon Dembele haqida fikr bildirdi.
“Grizmannga qarab, men avval tanigan futbolchini ko'rmayapman deb aytolaman. Uni tanimayapman. U “Barselona”da ham Franciya termasida ham oldingi darajasini namoyish etolmayapti. U “Barselona” bilan shartnoma imzolaganidan keyin nimadir yuz bergan. Bu “Atletiko”da bo'lgan jangchi emas.
Dembele yulduzdek o'ylamaydi. Unda g'alaba qozonish va gol urishni xohlaydigan Messi yoki Krishtianu Ronaldu kabi xarakter yo'q. Dembeleni sotmagan bo'lardim, u hali ham ajoyib futbolchiga aylanishi mumkin. Unda barcha fazilatlar bor, u juda tezkor, ikkala oyoqda ham yaxshi o'ynaydi. U hamma narsaga qodir”, deydi 69 yoshli mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar