Franciya terma jamoasi lagerida kutilmagan, ammo jiddiy muammo
14 iyu 11:40
Yangiliklar
Franciya terma jamoasi lagerida kutilmagan, ammo jiddiy muammo
Franciya terma jamoasi Evro-2024 arafasida muammolarga duch keldi.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, bir qancha futbolchilar shamollab qolgan.
Xabar qilinishicha, franciyalik futbolchilar orasida shamollashning dastlabki alomatlari va bosh og'rig'i holatlari ko'paygan. Bir qancha futbolchilar shamollab qolganiga qaramay, terma jamoadagilar jiddiy hech narsa sodir bo'lmagani va sodir bo'lgan voqea ishchanlikka tasir o'tkazmasligini takidlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Evropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo'lib o'tadi. Franciya terma jamoasi ilk turni 17 iyun kuni Avstriyaga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar