Franciya prezidenti Peresdan Mbappeni Olimpiadaga qo'yib yuborishni so'raydi
21 may 19:46
Yangiliklar
Franciya prezidenti Peresdan Mbappeni Olimpiadaga qo'yib yuborishni so'raydi
Bugun Elisey saroyida FIFAga asos solinganining 120-yilligi munosabati bilan ziyofat rejalashtirilgan (tashkilot 1904 yilning 21 may sanasida faoliyatini boshlagan).
Ushbu marosimda xalqaro futbol associaciyasini tashkil etish bo'yicha aktni qo'llab-quvvatlagan etti federaciya vakillari (Franciya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Ispaniya, SHveciya va SHveycariya) ishtirok etishadi. Bundan tashqari yana bir qator maxsus mehmonlar ham taklif etilgan va ulardan biri Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peresdir.
Malumotlarga qaraganda, Franciya prezidenti Emmanuel Makron vaziyatdan unumli foydalanib qolishni reja qilgan. U Peres bilan hujumchi Kilian Mbappe va boshqa franciyalik futbolchilar Parijdagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi borasida suhbatlashmoqchi. Forvard yozda PSJni tark etadi va katta ehtimol bilan faoliyatini Ispaniya poytaxtida davom ettiradi.
Fikrlar