So’nggi yangiliklar

10:40АПЛнинг сўнгги ўрнидаги жамоани мағлуб этолмаган Аморим нималар деди?  1 10:06Европанинг ТОП клубларига "Ал Ҳилол" футболчиси кeрак  0 09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  2 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  3 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  3 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  5 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  39 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  6 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  8 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  1 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  2 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  6

Franciya 1-ligasi. Husanov to'liq o'ynagan bahsda "Lans" 2-o'rindagi "Nicca"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi Yangiliklar

Franciya 1-ligasi. Husanov to'liq o'ynagan bahsda "Lans" 2-o'rindagi "Nicca"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi

Teglar :  NiccaLans
Franciya 1-ligasi 17-turidan o'rin olgan "Nicca" - "Lans" uchrashuvi yakunlandi.

"Nicca" – "Lans" 2:0 

Gollar: 1:0 – 76, penalti Moffi, 2:0 – 78 Moffi.

Nicca – Bulka, Lotomba, Dante, Mendi (Klod-Moris, 85), Bar, Sanson, Rosario, Budaui (Perro, 89), Boga (Lushe, 88), Labord (Moffi, 73), Gessan.

Lans – Samba, Agilyar, Aydara, Medina, Xusanov, Frankovski (Fyuljeni, 74), Abdul-Samed, David Koshta (Diuf, 74), El-Enaui (Kortes, 82), Said (Vai, 74), Sotoka (Gilavogi, 82).

Ogohlantirishlar: Lotomba (26), Xusanov (88), Dante (90), Gilavogi (90).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+6. Xavfli vaziyat! Darvozabon boshlagan hujum "Nicca" hujumchisining zarbasi bilan yakunlandi, to'p darvoza to'siniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

90+3. Mehmonlar ketma-ket hujumlar uyushtirib, vaziyatni o'nglashga harakat qilmoqda, ammo ularning urinishlari samarasiz yakunlanmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

82. "Lans" tarkibida yana ikki o'zgarish amalga oshirildi. Husanov uchrashuv so'ngiga qadar maydonda qoladi. 

78. GOL! Hali birinchi goldan o'ziga kelib ulgurmagan "Lans" ikkinchisini qabul qilib oldi. Boganing tezkorligi natijasida markazda ochiq turgan Moffi uning uzatmasini bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Yaqindagina maydonga tushgan nigeriyalik hujumchi bir necha daqiqa ichida dubl qayd etdi. 

76. GOL! Terem Moffi penaltini aniq amalga oshirib, "Nicca"ni hisobda oldinga olib chiqdi.


75. "Lans" darvozasi tomon penalti belgilandi. O'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borayotgan Gessan Abdul Samad tomonidan yiqitildi. 

71. "Lans"da uchta o'zgarish yuz berdi. Husanov maydonda qoldi.

72. Yana Enaui to'xtatib qolindi. Bu orada "Lans" tarkibida birato'la uch o'zgarish sodir bo'lish arafasida turibdi.

63. Enauiga nisbatan "Nicca" jarima maydoni yaqinida qo'pollik ishlatildi. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

58. Husanov raqib futbolchisining chap oyoqda yo'llagan zarbasiga blok qo'ydi va raqibning yana bir vaziyatini chippakka chiqardi.  

57. ZARBA! Koshtaning jarimadan yo'llagan zarbasi dastlab darvoza ustani, so'ngra raqib posboniga tegib, darvoza to'ridan o'rin olishi mumkin edi. Ammo "Nicca" darvozaboni so'nggi lahzada hushyorlikni yo'qotmadi.

55. Boga yana chap qanotdan xavf yaratib, jarima maydoniga yorib kirdi va markaz tomon pas berdi. Mehmonlar baxtiga zarba yo'llaydigan o'y inchi topilmadi.

53. Xavfli vaziyat! "Nicca"ning chap qanotdan boshlangan hujumi markazga ko'chdi. Yaqin masofadan bosh bilan yo'llangan zarba esa to'ppa-to'g'ri "Lans" posboniga borib tushdi.

51. Mezbonlarning hujumi zarba bilan yakunlandi, ammo Samba uchun qiyinchilik tug'dirmadi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Lans" futbolchilari ilk hujumdayoq raqibni sarosimaga solib qo'ydi. Markazdan boshlangan hujum Kostaning zarbasi bilan yakunlandi, ammo raqib himoyachisi o'z vaqtida to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Husanov jamoasini yana bir goldan asrab qoldi! "Nicca" futbolchisining 3-4 metr masofadan yo'llagan zarbasiga o'zbekistonlik himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Nicca"da standart vaziyat yuzaga keldi. Jamrimadan uzatilgan to'pni "Lans" himoyachilari bartaraf etishdi.

37. GOL! Sotoka raqib jarima maydonida ichida sherigidan ajoyib uzatma qabul qilib oldi va raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

31. Xavfli vaziyat! Mezbonlar qisqa uzatmalar orqali raqib jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi. Samba yana ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.

28. Xavfli vaziyat! Said sherigi oshirgan to'p uchun kurash olib bordi va raqib jarima maydoni ichida chap oyoqda zarba yo'lladi, birov uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.

25. Maydon markazida Sotokaga nisbatan jiddiy qo'pollik ishlatgani uchun Sotoka hakam tomonidan ogohlantirildi.

23. Husanov raqib hujumchisidan to'pni olib qo'ydi, raqib esa unga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi. 

22. Frankovskining uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi "Nicca" himoyachisiga tegib maydonni tark etdi. Mehmonlar standart vaziyatga ega chiqishdi.

16. Husanov Budauining kuchli zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi va jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

13. "Lans" burchak to'pi ishlab oldi. Kostaning uzatmasini raqib posboni qaytardi.

10. Burchak zarbasildan so'ng Dante "Lans" darvozasi tomon bosh bilan xavfli zarba yo'lladi. Biroq Samba xotirjamlik bilan to'pni egallab oldi. 

9. "Lans" futbolchilarida xavfli vaziyat yuzaga keldi. CHap qanotdan oshirilgan to'pga markazdagi hujumchi etib kela olmadi.

6. Uchrashuv davom ettirildi. 

2. Maydonda muxlislar tomonidan mushakbozlik uyushtirilgani uchun dastlabki daqiqadayoq hakam tomonidan o'yin to'xtatildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика