So’nggi yangiliklar

22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  16 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  31 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3

Fozil Musaev: "Nega doim muhim o'yinlarda mag'lub bo'lamiz? Demak ko'proq ishlash kerak" Yangiliklar

Fozil Musaev: "Nega doim muhim o'yinlarda mag'lub bo'lamiz? Demak ko'proq ishlash kerak"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasini ertaga masuliyatli uchrashuv kutmoqda. Avstraliyaga qarshi kechadigan o'yindagi g'alaba olimpiyadaga yo'llanma beradi.

Umuman olganda mazkur yosh toifasidagi futbolchilar bu yurt vakillariga qarshi mag'lub bo'lishmagan. 2012 yil ham Vadim Abramov boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz Toshkentda avstraliyalik tengqurlarini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchrata olishgan. Bu ishni yana bir bor uddasidan chiqish galdagi avlodning vazifasi hisoblanadi. O'z vaqtida turli yoshdagi terma jamoalarimizning etakchisi bo'lgan Fozil Musaev bo'lajak o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ochig'i hamma bahslarni kuzatishning imkoni bo'lmadi. Lekin, tomosha qilgan uchrashuvlarimda bollar yaxshi o'ynashdi. Saudiya bilan yomon to'p tepishmadi. SHaxsan menga o'yin manzur bo'ldi. Ertangi raqib Avstraliya haqida biror narsa deya olmayman. Men faqat o'zimizning futbolchilarga omad tilayman. Zaxiradagi o'yinchilardan faqat SHarof Muhitdinovni yaxshi bilaman.

"Nasaf"da birga o'ynaganman. Qaysidir poziciyaga qo'yib, o'yinni kuchaytirish mumkin. To'g'risi ozgina omad kelganida Saudiya Arabistonini yutgan bo'lardik. Nima uchun hal qiluvchi pallada mag'lub bo'lamiz? Demak, yana ham ko'proq ishlash kerak", - dedi tajribali futbolchi Fozil Musaev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика