So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  18 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  222 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Fox Sports Asia: Osiyo jahon chempionati finalida Xorvatiyani qo'llashi kerak Yangiliklar

Fox Sports Asia: Osiyo jahon chempionati finalida Xorvatiyani qo'llashi kerak

Bugun jahon chempionati finali o'tkaziladi. Franciya va Xorvatiya o'rtasida kechadigan bahsda kimdir o'z tarixida ikkinchi marta shu sovringa ega chiqadi, yoki bo'lmasa kimdir birinchi marta chempion bo'ladi.

Osiyo futbolini yoritadigan mashhur portallardan biri Fox Sports Asia osiyoliklar JCH finalida Xorvatiyaga muxlislik qilishi kerakligini yozdi.

"Albatta, nomlar bo'yicha Franciya kuchli. Axir ularda Pol Pogba, Antuan Grizman, Kilian Mbappe kabi ajoyib futbolchilar bor. Qolaversa, Franciya 1998 yilgi mundialda zafar quchgan, 2006 yil esa finalga qadar etib borgan. Xorvatlar tarkibida esa mehnatkash futbolchilar ko'p. Ular tinmay yuguradi. Xorvatiyaning mundiallardagi eng yaxshi natijasi 1998 yilga to'g'ri keladi. O'shanda bu jamoa uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi".

"Finalda bugun ikkita Evropa jamoasi o'ynaydi. Xo'sh, Osiyo kimga muxlislik qiladi? Bizningcha, qitamiz vakillari Xorvatiyani qo'llaganlari maqul. CHunki bu narsa xorvatlar murabbiyi Zlatko Dalich bilan bog'liq. U Osiyodagi etti yillik faoliyatdan so'ng uyiga qaytib ketdi".

"SHu paytgacha Osiyoda juda ko'p xorijlik murabbiylar ishlab ketgan va hamon ishlashmoqda. Ular orasida hatto o'n yillab ishlaganlari ham bor. Masalan, Mario Zagalloni olaylik. Braziliyalik mutaxassis 1970 yil o'z terma jamoasini mundialga olib borgandi. Keyinchalik Osiyoda faoliyat yuritgan murabbiy 1976 yil Quvayt terma jamoasini boshqardi. Undan keyin "Al Hilol" klubi, Saudiya Arabistoni va BAA milliy terma jamoalarini ham boshqargan".

"Yana bir braziliyalik murabbiy Karlos Alberto Perreyrani olaylik. U 1994 yilgi JCHda Braziliya bilan zafar quchgan. Keyinchalik 1998 yilgi mundialda esa Saudiya Arabistoniga ustozlik qilgandi. Bu murabbiy 1994 yilgacha 1990 yil BAA termasini boshqarganini ko'pchilik bilmasa kerak".

"Jahon chempioni bo'lgan murabbiylardan Marchello Lippi bilan Luis Felipe Skolari ham keyinroq Osiyoga yo'l olishdi. JCH-2006 chempioni Lippi Xitoy termasini qabul qilib olgan bo'lsa, 2002 yilgi jahon chempionatida zafar quchgan Skolari "Guangju Evergrand" klubi bilan xalqaro va ichki yutuqlarga erishdi".

"Etibor bergan bo'lsangiz, aksar murabbiylar jahon chempioni bo'lganidan keyin Osiyoga kelishadi. Ammo Dalichda buning aksi bo'lyapti. U Osiyodan ketgan mutaxassis sifatida bugun jahon chempioni bo'lishi mumkin. Bu tomonlama Dalich braziliyalik hamkasbi Perreyraga o'xshab ketadi".

"Malumot uchun, Zlatko Dalich 2010 yil Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasida ishlagan. Keyinchalik 2014 yil BAAning "Al Ayn" klubini qabul qilib oldi. Oradan ikki yil o'tib "Al Ayn" bilan OCHL finaliga qadar etib bordi, biroq Janubiy Koreyaning "CHonbuk Motors" klubi bilan kechgan bahsda yutqazib qo'ydi".

"SHunday ekan, balki bolqonlik murabbiyga bugun finalda g'alaba qozonish nasib etar. Nima bo'lgan taqdirda ham Dalich juda muvaffaqiyatli murabbiy. U Osiyoga ilk bor kelganidan beri, yani 2010 yil "Al Faysali" klubida ish boshlaganidan buyon o'tgan vaqt ichida juda ko'p marrani bosib o'tdi. U Osiyo futboli uchun ko'p narsa berdi va endilikda jahon kubogini qo'lga kiritishni orzu qilyapti. O'z navbatida esa osiyolik muxlislar ham aynan Dalichning mundialda zafar quchishi tarafdori. Unga va Xorvatiyaga omad yor bo'lsin!"

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика