So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

FOTOMAQOLA. "Ajdar" tabassum ila tayyorlanmoqda Yangiliklar

FOTOMAQOLA. "Ajdar" tabassum ila tayyorlanmoqda

Bugun, 19 fevral kuni "Nasaf" OCHL 2-turi doirasida "Al Vasl"ga qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi.

Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tgan mashg'ulotdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

OCHL-2018
"S" guruhi
, 2-tur
"Markaziy" stadion, Qarshi
20.02.2018. 18:00

"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Vasl" (BAA)

Bosh hakam: Jillet Jared (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Bichem Eshli, Rayan Gallaxer (ikkisi Avstraliya)
Zaxira hakami: Sivakorn Pu-Don (Tailand)
Nazoratchi: Rustam Yusuf Mirzo (Saudiya Arabistoni)
Komissar: Erik Vu (Avstraliya)

Mashg'ulot oldidan Ro'ziqul Berdiev Slavko Lukich bilan qizib olishga qaror qildi va ...


Va maydon chimini sug'orishga mo'ljallangan maxsus "fontan" nishoniga tushib qoldi. Murabbiyning ust-boshiga etibor bering :)


Odatga ko'ra, mashg'ulotni boshlashdan oldin bosh murabbiy futbolchilar bilan gaplashib oldi.


SHundan so'ng, o'yinchilar maydon markazidagi aylana chiziq ichidan chiqmagan holda engil chigalyozdi mashqlarini bajarishdi.


Kutilmaganda Igor Golban Mario Balotelli rejimini yoqib oldi ))


Nega Balotelli rejimi deganimizning sababi, Mario doimo mashg'ulot libosini kiya olmasligi bilan nom qozongan. Internet orqali Balotellining shunga o'xshash suratlarini ko'plab topish mumkin.


"Nasaf" o'yinchilari mashg'ulotni alo kayfiyatda olib borishdi.


Bir-biriga xo'roz uslubida sakrash mashqi. Bu mashq ham yakka kurashlarda gavdadan foydalanishga yordam beradi, ham quvnoq kayfiyat ulashadi.


Keyin esa futbolchilar to'pni faqat qo'l bilan va havolatib futbol o'ynashdi.


Mashqlarning hammasi maydon markazidagi aylana ichida amalga oshirilmoqda.


Jasur Hasanov havoda to'pni aldamchi harakatlar bilan jamoasidagi sherigiga uzatmoqda.


"Pele" ertaga 3ta gol urib, mana shu to'pni uyingga olib ketish nasib qilishini tilab qolamiz.


Dragan CHeranni to'pga qo'shib "poroxli bochka"ga o'tqizib uchirishdi :)



"Nasaf" darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankovdan Van Dammcha turish.


Endi esa futbolchilar to'pni qo'l bilan va tizzadan baland ko'tarmagan holda bir-birlariga oshirish mashqini bajarishmoqda.



Mashg'ulotda barcha futbolchilar qatnashishdi.


Ivankov 3 nafar kiper bilan alohida shug'ullandi.


Mashg'ulotning OAV uchun mo'ljallangan 15 daqiqaligi yakunlanib borayotganda o'yinchilar ikki guruhga bo'lingan holda "kvadrat" o'ynashdi.


Sanjar Quvvatovdan ertaga quruq o'yin kutib qolamiz.



Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика