Flik "Bavariya"ga qarshi o'yin haqida gapirdi
22 okt 2024 18:54
Yangiliklar
Flik "Bavariya"ga qarshi o'yin haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Bavariya"ga qarshi bellashuvdan avval fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz har bir o'yinga raqibni chuqur o'rgangan holda tayyorlanamiz. "Bavariya" hayotimda alohida o'rin tutadi – bu ajoyib klub, u erda ko'plab tanishlarim bor, futbolchilar va rahbariyatdagilar bilan iliq aloqadaman. Myunxendagi davrdan menda ajoyib xotiralar qolgan. Ammo endi yangi davr va men jarayondan zavq olyapman. Bu erda ["Barselona"da] bo'lishdan bahtiyorman. Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashmoqda, bu esa bizni yanada kuchliroq mehnat qilishga undamoqda. Balki, chindan ham, men "Bavariya"ni biroz yaxshiroq bilarman. Nima bo'lganda ham bu qiyin uchrashuv bo'ladi. Bu CHempionlar Ligasi va unda eng kuchli klublar ishtirok etadi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar