Firdavs Asadov “Qo'qon-1912” ko'rigida
28 iyu 2018 15:25
Yangiliklar
Firdavs Asadov “Qo'qon-1912” ko'rigida
Ayni damda Toshkent o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibida bir qator o'zgarishlar yuz berayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz.
“SHunqorlar” jamoaning ikki nafar hujumchisi Igor Taran va Bahodir Pardaev bilan xayrlashishni maqul topgandi. Bosh murabbiy No'mon Hasanov yaqinda oldingi chiziqdagi raqobatni kuchaytirish maqsadida Firdavs Asadovni taklif etdi. 25 yoshli futbolchi joriy mavsum PRO-Ligada “Labsa” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi. Hozircha Asadov ko'rikdan o'tmoqda. Agarda uning xatti-xarakatlari murabbiylarni qoniqtirsa Firdavs ikkinchi davrani Superliga klubida o'tkazadi.
Fikrlar