So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

"Final yosh futbolchilar uchun tajriba va reklama bo'ladi. Husniddin Aliqulov katta yo'qotish". Sobiq "Nasaf"chilar final oldidan nimalar dedi? Yangiliklar

"Final yosh futbolchilar uchun tajriba va reklama bo'ladi. Husniddin Aliqulov katta yo'qotish". Sobiq "Nasaf"chilar final oldidan nimalar dedi?

Ro'ziqul Berdiev murabbiyligidagi "Nasaf" jamoasi OFK kubogi-2021 finalida Bahraynning "Al Muharrak" klubi bilan to'qnash keladi.

Barcha tarix takrorlanishini intiqlik bilan kutmoqda. Biz esa o'sha tarix ishtirokchilaridan fikrlar olishda davom etamiz. Darvozabon Eldor Suyunov va himoyachi SHerzod Azamov final oldidan qiziqarli mulohazalarni yuritishdi. 

Eldor Suyunov - Nasib qilsa, "Nasaf"dan faqat ijobiy natija kutmoqdaman. CHunki bu jamoaga befarq emasman. "Ajdarlar" mavsumning finishini juda kuchli sport formasida o'tkazmoqda. Buni oxirgi yillar ko'rsatib turibdi. Maydonda qaysi futbolchi katta sahnaga chiqadi? SHuni aytishim mumkinki, "Nasaf"da jamoaviy o'yin juda kuchli yo'lga qo'yilgan. SHu bois biror futbolchini ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Tarixiy natija takrorlanishini kutmoqdaman. Jamoaning yosh futbolchilari uchun final haqiqiy tajriba va reklama bo'ladi. Ushbu uchrashuv orqali nasib bo'lsa, 2-3 futbolchi legioner bo'lishini tilab qolaman. Finalda favorit, autsayder, mezbon yoki mehmon degan tushunchalar o'z kuchini yo'qotadi. Xudodan omad tilab qolaman. Bunda katta ishtiyoq, g'alabaga bo'lgan ishonch, xohish asosiy planga chiqadi. 

SHerzod Azamov - Finalda imkoniyatlar teng. Bitta o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Nasaf" yutishiga umid qilaman va jamoaga omad tilayman. Menimcha Husniddin Aliqulov juda katta yo'qotish, deb o'ylayman. Boisi standart vaziyatlarda Aliqulovda ustunlik bo'lardi. Himoya va hujumda boshi bilan yaxshi harakat qiladi.

Muharraq

AFC Cup Final Stage . final-tur

05/11/2021, 21:00

0
:
3
Tugadi

Nasaf Qarshi

45'
90'


Ivan Boshkovich: "Finalda "Nasaf"dan g'alaba kutaman" 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика