So’nggi yangiliklar

10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  0 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  1 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11

FIFAdagilar zerikib qolishdimi? Ular sariq kartochka va ofsaydlarni bekor qilishmoqchi Yangiliklar

FIFAdagilar zerikib qolishdimi? Ular sariq kartochka va ofsaydlarni bekor qilishmoqchi

Teglar :  Marko van Basten
FIFA texnik direktori Marko van Basten ofsayd va sariq kartochkalardan voz kechish hamda ko'plab boshqa o'zgartirishlarini joriy qilish taklifini berdi.

U jazolash tizimini o'zgartirish haqida tushuntirish berdi: "Vaqtinchalik jazo - biroz qo'rqinchliroq. O'n kishi bo'lib 11 futbolchiga qarshi o'ynash qiyin. Menda anchadan beri basketboldagi kabi qoidani joriy qilish g'oyasi bor - beshta qoidabuzarlik va sen maydonni tark etasan.

Ofsayd borasida to'xtaladigan bo'lsak, uni bekor qilishga ko'pchilik qarshi bo'lishi mumkin. Men esa aksi, chunki so'nggi vaqtda futbol ko'proq gandbolga o'xshab qolgan. To'qqiz futbolchi va darvozabon xuddi devordek jarima maydonchasini yopib olishadi" - deydi van Basten.

Gollandiyalik penaltilar seriyasi o'rniga bullitlar seriyasini qo'llash va xatto bu tizim guruh bosqich o'yilarida ham bo'lishini taklif qildi.

"Bullitlar seriyasi? Har bir jamoada beshta imkoniyat bo'ladi. Hakam xushtak chaladi va futbolchi 25 metrdan darvozaga yaqinlashib kela boshlaydi. U sakkiz soniya ichida zarba berishi kerak. Posbon o'z jarima maydonchasida bo'ladi va uni tark eta olmaydi. Agar birinchi urinishda to'p qaytarilsa yoki gol bo'lsa bullit yakunlanadi" - qo'shimcha qiladi van Basten.

Reyting: -87   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика