So’nggi yangiliklar

07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  0 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  5 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  4 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  104 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" ўз майдонида "Нефтчи"га мағлуб бўлди, "Машъал" эса "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0

FIFA reytingidan kelib chiqib hal qiluvchi bosqichda raqiblarimiz kimlar bo'ladi? Yangiliklar

FIFA reytingidan kelib chiqib hal qiluvchi bosqichda raqiblarimiz kimlar bo'ladi?

Bugun FIFA o'zining yangi reytingini elon qildi. Unga ko'ra terma jamoamiz Osiyoda 7-o'rinda qayd etildi.

Demak,
1-savatcha: Eron va Janubiy Koreya
2-savatcha: Saudiya Arabistoni va Yaponiya
3-savatcha: BAA va Avstraliya
4-savatcha: O'zbekiston va Qatar
5-savatcha: KXDR va Tailand

Reytingda bizga "qo'shni" terma jamoalar ichida faqatgina O'zbekiston fevral oyida o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Ayni paytda ochkolarimiz 502ni tashkil etyapti. 2011 yildagi fevral natijalari bekor qilingach, Livanni mag'lubiyatga uchratsak 484 ochkoga ega bo'lamiz. Agar durang qayd etilsa 474 ochko. Mag'lubiyatga uchragan taqdirimizda 469 ochkogacha ballarimiz tushib ketadi.

Fevral oyida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmaydigan BAAda 517, Avstraliyada 506 va Qatarda 441 ochko mavjud bo'ladi.

Avstraliya va BAA kabi biz ham mart oyida o'z uyimizda ikkita o'yin o'tkazamiz. 4 yil muqaddam terma jamoamiz mart oyida CHernogoriyaga mag'lubiyatga uchragan. BAA esa hech kim bilan o'ynamangan. Avstraliya bo'lsa reytingi ancha baland Germaniyani mag'lubiyatga uchratgan. Bu esa mart oyida ham biz o'z o'rnimizda qolishimizni anglatadi.

Guruhda 6ta terma jamoa bo'ladi. 5ta tur natijalariga ko'ra tuzilgan yuqoridagi jamoalarning 6-savatchadagi sheriklari kim bo'ladi, buni saralash o'yinlarining joriy bosqichi yakuniga etganidan keyin bilib olamiz.

Endi terma jamomiz bilan bitta guruhdan joy olishi mumkin bo'lgan nazariyalarni ko'rib chiqishimiz mumkin.

1.Eron, Saudiya Arabistoni, BAA, O'zbekiston, KXDR
2. Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, O'zbekiston, Tailand
3. Eron, Yaponiya, Avstraliya, O'zbekiston, KXDR
4. Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA, O'zbekiston, Tailand...

Albatta nazariyalar ko'p. Quraning ko'zi ko'r bo'lgani bilan, FIFA va OFK marketing nuqtai nazaridan Yaponiya va Janubiy Koreyani bir kemaga tashlamaslik ehtimoli juda katta. Bunday bo'lmagan taqdirda ham guruhimizda ikki gigantni o'rin olishining ehtimoli yuqori. Muxlislar so'nggi bosqichni kuchli hayajon bilan kuzatishga majbur qiladigan musobaqada kimlar bilan bir guruhdan o'rin olishimizni, 14 aprel kuni Kuala Lumpurda bo'lib o'tadigan qura tashlash marosimidan so'ng bilib olamiz.

FIFA reytingi fevral va mart oylari yana ikki marotaba o'zgaradi. Avstraliya mart oyida ikkita o'yinni o'z uyida o'tkazadi, bular Iordaniya va Hindiston terma jamoalariga qarshi kechadigan bahslar.

BAAda ham huddi shunday vaziyat. Amirliklar Saudiya Arabistoni va Falastin terma jamoalarini qabul qiladilar.

Eslatib o'tamiz, FIFA reytingi, FIFA tomonidan belgilangan rasmiy kunlardagi o'yinlardagi natijalar, so'nggi to'rt yillik o'yinlar asosida tuziladi. Yaxshi terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlarini tashkil etish, mana shunday quralarda teparoqdagi savatchalardan joy olish uchun ham o'ta muhim sanaladi.

Keyingi 2 yil ichida o'tkazilinadigan o'rtoqlik o'yinlari bizga Qatar-2022 yo'lida as qotadi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика