FIFA Real va Atletikoga 2018 yilgacha yangi futbolchi sotib olishni taqiqladi
09 sen 2016 08:02
Yangiliklar
FIFA Real va Atletikoga 2018 yilgacha yangi futbolchi sotib olishni taqiqladi
FIFA Real va Atletiko klublarining voyaga etmagan futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni buzgan deb topdi.
Tashkilot ikkala ispan klubiga 2018 yilning yanvariga qadar yangi futbolchi sotib olishni taqiqlab qo'ydi. Bundan tashqari, Atletiko 900 ming SHveycariya franki miqdorida jarimaga tortildi (taxminan 800 ming evro), Real esa 360 ming frank (taxminan 330 ming evro) jarima to'laydi.
Yangi futbolchilarni sotib olish bo'yicha taqiq 2017 yilda kuchga kiradi. 2014 yilda FIFA xuddi shunday sabab bilan Barselonani jazolagandi.
Fikrlar