So’nggi yangiliklar

10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  2 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  4 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  4 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   34 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   4 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   5 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  14 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  177 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  5 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1

FIFA bosh kotibi Terma jamoalar markazidagi qurilish ishlari bilan tanishib chiqdi Yangiliklar

FIFA bosh kotibi Terma jamoalar markazidagi qurilish ishlari bilan tanishib chiqdi

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekistonda futbolni ommalashtirish yo'lida olib borilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida FIFA bosh kotibi Fatma Samura boshchiligidagi delegaciya mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

Bugun Fatma Samura FIFA ko'magida Toshkent viloyatida qad rostlayotgan O'zbekiston Terma jamoalari markazini ko'zdan kechirish uchun qurilish maydoniga tashrif buyurdi. 



O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov mazkur bazadan o'rin olgan obektlar, xususan, futbolchilar istiqomat qilishi uchun mo'ljallangan mehmonxona, mashg'ulot maydonchasi va zallari, stadion loyihasi haqida malumot berdi. 



SHuningdek, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadigan tibbiy-tiklanish markazi, kutubxona, restoran, yashil hudud kabi obektlarning aynan ushbu bazadan joy olishi aytildi.


Bundan tashqari, ushbu markazni xalqaro standartlar asosida bunyod etish, jihozlash va faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida bir nechta davlatlarning tajribalaridan keng foydalanilayotgani qayd etildi. 

O'z o'rnida, FIFA Bosh kotibi ham mazkur qurilish loyihasi haqida ijobiy fikrda ekanligini aytib, bir nechta masalalar yuzasidan o'zining takliflarini bildirdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика