So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  116 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

"FIFA Arab Kubogi jahon chempionati oldidan katta test va repeticiya bo'lyapti" - Alisher Nikimbaev bilan suhbat Yangiliklar

"FIFA Arab Kubogi jahon chempionati oldidan katta test va repeticiya bo'lyapti" - Alisher Nikimbaev bilan suhbat

30 noyabr kuni Qatarda start olgan FIFA Arab Kubogi musobaqasi bugun o'z nihoyasiga etadi. Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Tunis va Jazoir terma jamoalari o'rtasida final uchrashuviga start beriladi.

Malumki, ushbu musobaqada tashkiliy qo'mita azosi sifatida hamyurtimiz Alisher Nikimbaev ham faoliyat yuritmoqda. Musobaqa yakuni arafasida Alisher Fayzullaevich bilan bog'lanib, bir qator savollarga javob oldik. 


- SHu paytgacha Arab Kubogi deb nomlanib kelgan musobaqa bu yildan FIFA Arab Kubogiga o'zgardi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz? 

- Arab Kubogi so'nggi bor qachon o'tkazilganini hatto arablarning o'zi ham eslay olmasa kerak (Arab Kubogi oxirgi marta 2012 yil Saudiya Arabistonida o'tkazilgan bo'lib, Marokash chempion bo'lgandi. Oradan 9 yil o'tib bu musobaqa qayta tiklandi - X.X.)

Bilasiz, kelasi yil Qatarda navbatdagi jahon chempionati o'tkaziladi. SHu bois FIFA jahon chempionati bo'lib o'tadigan stadionlar, umuman tashkilotchilikni ko'zdan kechirib olish maqsadida Arab Kubogini o'tkazib ko'rishni maqsad qildi va musobaqaga FIFA nomini berdi. FIFA Arab Kubogini o'tkazish jahon chempionati oldidan o'ziga xos test-repeticiya vazifasini bajaryapti.

Birinchidan, musobaqada 16ta jamoa qatnashdi, bu ham test qilish uchun etarli. Ikkinchidan, musobaqa orqali stadionlar, mashg'ulot maydonlari va mehmonxonalar ko'zdan kechirilyapti. Hattoki FIFA xodimlari istiqomat qiladigan joy ham alohida. Ular ikkita katta binoni ijaraga olib, shu erda yashashyapti.

Jahon chempionati paytida FIFAdan yanayam ko'pchilik kelishini hisobga olsak, balki ular uchta turar joy, yani oltita binoni ijaraga olishlari mumkin. Yana nima desa bo'ladi? O'yinlar soni ham etarli. Musobaqada kuniga to'rttadan o'yin bo'ldi. Bu ham test uchun maqul variant. Hozircha faqat oltita stadiondan foydalanildi, jahon chempionati paytida esa 8ta stadionda o'yinlar o'tkaziladi. SHuningdek, mundial paytida ishchi-xodimlar va volontyorlar juda ko'pchilikni tashkil etadi. 


- FIFA nomining qo'shilishi musobaqaga bo'lgan etibor oshishiga sabab bo'ldimi?

- Musobaqaga etibor oshgan, lekin Arab Kubogining FIFA kunlaridan tashqarida bo'lib o'tayotgani bazi terma jamoalarning to'liq tarkib bilan kela olmasligiga sabab bo'ldi. Masalan, Misr eng asosiy etakchisi Muhammad Saloh xizmatidan foydalana olmayapti. SHuningdek, Jazoir terma jamoasida Riyad Mahrez yo'q. Evropadan futbolchilar kelgan, lekin ular o'z klublarining asosiy o'yinchilari emas.

Masalan, Tunis terma jamoasining 10-raqamli futbolchisi Annibal Mejbri "Manchester Yunayted"da to'p tepadi, ammo asosiy tarkib futbolchisi bo'lmagani uchun terma jamoaga qo'yib yuborildi. SHunga o'xshash futbolchilar ko'p.

Albatta, har qanday musobaqaga FIFA nomi berilishi etiborni oshiradi. Esingizda bo'lsa, avvallari har bir jahon chempionati oldidan Konfederaciyalar Kubogi o'tkazilardi. Lekin bu yil turnir o'tkazilmadi, chunki koronavirus sabab o'tkazilgan taqdirda ham Italiya, Argentina kabi jamoalar kela olmasdi.

Osiyo Kubogi-2019 chempioni sifatida Qatar qatnashardi, ikkinchi o'rinni egallagan Yaponiya taklif etilsa, balki ular ham kela olmasdi. SHu bois FIFA arab davlatlari o'rtasida Arab Kubogini o'tkazishni lozim topdi. Bu o'rinda asosiy maqsad, stadionlarni tekshirib olish bo'ldi. Birinchi navbatda stadionlarni to'ldirish ko'zda tutilgandi. Buning uchun esa Arab Kubogi juda qulay musobaqa hisoblanadi.

Qatarda Arab Kubogida qatnashgan deyarli barcha davlat vakillari doimiy ravishda istiqomat qiladi. Masalan, bu erda misrliklar juda ko'p. Kamida 300 ming misrlik yashaydi. Qatar davlatining umumiy aholisi 2 million 700 ming deb oladigan bo'lsak, aholining deyarli 10 foizini misrliklar tashkil etadi. Jazoir va Marokashdan kelib istiqomat qilayotganlar ham juda ko'p. SHu sabab FIFA uchun Arab Kubogini o'tkazib ko'rish eng maqul yo'l bo'ldi. Buning natijasida musobaqaga bo'lgan etibor ortdi. Salah, Mahrez kabi yulduzlar kelmagan bo'lsa-da, baribir milliy terma jamoalar kelgani uchun stadionlar to'ldi. 


- Bu siz kuzatayotgan birinchi Arab Kubogimi yoki oldin ham boshqa musobaqalarni ko'rganmisiz?

- Rostini aytsam, men bungacha hech bir Arab Kubogini ko'rmagandim. Bu men uchun ham birinchi musobaqa bo'ldi va juda yaxshi taassurot qoldiryapti. Ikki yil oldin Ko'rfaz Kubogini o'tkazgandik, ammo bunisi butunlay boshqacha bo'ldi. 


- Musobaqaning tashkiliy jihatlari va saviyasi haqida nima deya olasiz? 

- Endi tashkiliy ishlarga keladigan bo'lsak, hammasi jahon chempionati standartlari bo'yicha o'tkazilyapti. Bu o'rinda har bir kichik detal ham etiborga olingan. Mehmonxonalar soni, mashg'ulotlar maydoni... Oddiy misol, qaysi xalqaro musobaqani ko'rmang, jamoalar uchun bitta mashg'ulot maydoni beriladi. 

Lekin Qatarda bo'ladigan ahon chempionatida har bir terma jamoaga ikkitadan maydon beriladi. Arab Kubogi musobaqasida qatnashgan 16ta jamoa uchun 32ta maydon ajratildi. Kelasi yil jahon chempionatida 32 terma jamoa ishtirok etsa, demak 64ta mashg'ulot maydoni tayyor bo'lishi kerak bo'ladi.

Terma jamoalar faqat FIFA ruxsat bergan mehmonxonalardagina istiqomat qilishlari mumkin. Hech kim o'zicha biz shu erda turamiz deya olmaydi. Masalan, "Xalifa" stadioni yonida "Torch" degan mehmonxona bor. Bu besh yulduzli mehmonxona, lekin jahon chempionati paytida mehmonxona hech kimga berilmaydi. Buning sababi, mehmonxona shundoqqina "Espayr" akademiyasi yonida joylashgan bo'lib, siz bemalol balkonga chiqib terma jamoalar mashg'ulotini ko'rish, hatto videoga yozib olishingiz mumkin.

"Espayr" akademiyasi maydonlarida Arab Kubogida qatnashgan ikkita terma jamoa mashg'ulot o'tkazdi, jahon chempionati paytida esa uch yoki to'rt jamoa shu erda shug'ullanadi. Bu erda shuningdek, musobaqa tashkiliy qo'mitasidan tashqari alohida markaz tashkil etilgan bo'lib, katta xonada monitorlar o'rnatilgan va siz monitor orqali nafaqat stadion ichi, balki o'yingoh tashqarisini, yo'l harakati qoidalari, hatto avtobuslarning mehmonxonadan chiqishigacha kuzatib turasiz. Kim soat nechada chiqyapti, kim qaysi yo'l bilan kelyapti, yo'llarda tirbandlik bormi, hammasini monitor orqali bilib turasiz. Kassada chiptalar sotilayotgani, muxlislar stadionga qanday kirib chiqishi, xullas hammasidan boxabar bo'lib turasiz. Juda katta markaz tashkil qilingan. 


- Guruh o'yinlari paytida stadionlarda kamchilik muxlis edi. Lekin chorak finaldan boshlab muxlislar soni ortib ketdi. Bu nima bilan bog'liq?

- CHunki Ummon, Bahrayn, BAA, Mavritaniya kabi davlatlar vakillari Qatarda juda kam. Kelgan turistlar ham jami 10-15 ming bo'lishi mumkin. Bu esa etarli emas. Biz jahon chempionati paytida kamida 500 ming turist kelishini reja qilyapmiz. Lekin ko'p narsa baribir bir yildan keyin koronavirus bilan bog'liq vaziyat qanday bo'ladi degan savolga borib taqaladi.

Arab Kubogida Ummon - Bahrayn o'yiniga borganimda ham kamchilik muxlislar keldi. Keyin esa savol tug'ildi: agar shu jamoalar jahon chempionatiga chiqib qolsa, unda nima bo'larkin, muxlislar kelarmikin? CHorak finalga chiqqan jamoalar orasida faqat BAA ishtirokidagi bahsga kamchilik kirdi. Bu turnirda ishlab shuni ko'rdimki, afrikalik va osiyolik ishqibozlar o'rtasida farq juda katta ekan. Afrikalik muxlislar o'z jamoalarini tinmay qo'llab-quvvatlaydi. Stadiondagi muhit juda chiroyli ko'rinish oladi. CHorak finaldan o'rin olgan Jazoir - Marokash, yarim  finaldagi Tunis - Misr uchrashuvlarida muxlislar ajoyib muhitni yuzaga keltrishdi. O'zimni xuddi jahon chempionatida yurgandek his qildim. 


- CHiptalar narxi qanday bo'lyapti?

- Guruh bosqichi paytida eng arzon chipta 13-14 dollar atrofida edi. Lekin pley-off bahslaridan boshlab chiptalar narxi ham oshib bordi. Masalan, yarim final o'yiniga kirish uchun birinchi toifa chipta 50 dollardan sotildi. Final o'yini uchun chiqarilgan chiptalar narxi bilan hali tanishganim yo'q, menimcha bu ham qimmatroq bo'ladi. Albatta, jahon chempionati paytida chiptalar yanayam qimmat bo'ladi.


- Sizningcha, chempionlik kimga nasib etadi?

- CHempion yo Tunis, yoki Jazoir bo'ladi. Ikkalasiyam yaxshi jamoa. Endi mening taxminimcha, Tunis chempion bo'lsa kerak. CHunki ularda jamoaviy o'yin kuchli. 


- Qatar terma jamoasi finalga chiqa olmaganidan xafa bo'ldingizmi?

- Xafa bo'lganim yo'g'-u, lekin bir savol bor. Hakam 9 daqiqa qo'shib berdi, biroq o'yin 18 daqiqa davom etdi. Nima uchun degan savol bor faqat. 


- FIFA Arab Kubogining translyaciyasi qaysi kompaniyaga tegishli?

- Qatarning o'zida o'yinlarni BeIN Sport ko'rsatyapti. Qatardan chetda esa bemalol FIFAning Youtube kanali orqali ko'rsa bo'ladi. 


- Baribir kamchiliklar ham ko'zga tashlangan bo'lsa kerak?

- Kamchiliklar yo'q emas, bor. Masalan, chipta sotuvi va muxlislarning stadionga kirishi bilan bog'liq bazi muammolar kuzatildi. SHu bois ham jahon chempionati oldidan bu turnirni o'tkazib test qilib olish lozim edi. Hozir hammamiz o'rganish jarayonidamiz. Kelasi yil jahon chempionatiga ko'p joydan ishqibozlar keladi: Angliyadan, Braziliyadan. Ular o'zlarini qanday tutadi, janjal chiqarmaydimi, tashkiliy qo'mita hammasiga tayyor turishi kerak. Jahon chempionatiga qadar yana bir yil bor, Xudo xohlasa, ungacha ko'p kamchiliklar bartaraf etiladi. 

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика