So’nggi yangiliklar

17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  5 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  5 16:51Ўзбекистон футзал терма жамоаси Японияга қарши ўртоқлик ўйинида қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:35Про лига. "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  1 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  5 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  10 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  18 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  7 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3

FIFA amaldorlari sovurgan pullar Yangiliklar

FIFA amaldorlari sovurgan pullar

Teglar :  FIFA
FIFA bilan bog'liq mojaro tobora jiddiy ko'rinish olib boryapti.


Ko'plab amaldorlarning pora olgani isbotlandi. Qizig'i, ular oson yo'l bilan topilgan pullarni shunday tarzda sarflab yuborishgan. Mojarolarga aralashgan shaxslarning qing'ir ish orqali topilgan mablag'ni qanday sarflashgani xususida ushbu maqolada to'xtalib o'tamiz.

Futbol Cyurixga yangi anana taqdim etdi – amaldorlarning FIFA shtab-kvartirasida biror yig'ilishda qamoqqa olinishi. Deyarli barcha top-boshqaruvchilar sirli yo'l bilan policiyaga hashamatli “Baur au Lac” mehmonxonasidan olib ketilyapti. Xuddi ozodlikdagi so'nggi tunni hashamat og'ushida o'tkazgandek. O'tgan haftada Janubiy va Markaziy Amerika futbol konfederaciyalari rahbarlari bunga duchor bo'lishdi. Yana 16 nafar rahbarga korrupciyaga aloqadorlikda ayblov surildi. Olingan pora miqdori 200 million dollardan oshib ketdi va bu hali oxirgi raqam emasligi aytilmoqda.

Buncha pulni qaerga sarflash mumkin? SHu o'rinda FIFA ijroiya qo'mitasida 1990-yillardan 2013 yilgacha ishlagan CHak Bleyzer va FIFAning sobiq vice-prezidenti Jeffri Uebbning pullarni nimaga ishlatganini ko'rib chiqamiz.

CHak Bleyzer

Bleyzer hamkasblari bilan Franciya-98 va JAR-2010 mundiallari uchun telehuquqlarni sotishda pora olganini tan olganidan keyin futboldagi har qanday faoliyatdan umrbod chetlatilgan.

SHimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib mamlakatlari futbol konfederaciyasida Bleyzer bosh kotib sifatida uzoq muddat ishlagan. Tashkilot Nyu-Yorkdagi mashhur “Trump Tower” binosining 17-qavatini to'liqligicha ijaraga olgan. Yo'lga vaqt ketmasligi va oynadan ajoyib ko'rinishga ega bo'lish uchun Bleyzer binoning 49-qavatidagi apartamentlarni oyiga 18 ming dollarga ijaraga olgan.

Biroq bu hammasi emas: amaldor yana bir qo'shni kvartiraga o'zining gapga bo'ysunmas mushuklari uchun pul to'lagan! Ajoyib eshitiladi: mushuklar uchun kvartira. Bu Bleyzerga har oyda 6 ming dollarga tushgan.

“New York Daily News” malumotlariga ko'ra, bazi paytda Bleyzerning erinchoqligi tutgan va ofisga tushishdan charchagan. O'z uyida bokschilar trusisini kiygan holda krovatdan boshini ko'tarmagan holda ishlagan. CHakning imzosi talab qilingan taqdirda xodimlar liftda uning uyiga ko'tarilgan.

“Maks” laqabli sevimli to'tisini oziqlantirish uchun CHak fermerlardan yangi so'yilgan tovuq oyoqlarini sotib olgan.

Pora sifatida Bleyzer jami 15 million dollardan ortiqroq mablag' olgan. Rasmiy tushumlaridan soliqni to'lab borishni o'ziga ep ko'rmagan. SHu sababli 2011 yil u tergov ishlariga yordam berib, bir qator hamkorlari haqida malumotlarni aytib bergan.

Jeffri Uebb

Uebb o'g'irlik, firibgarlik va pulni yuvishda aybini tan olgani bois 6 million dollarlik jarimaga tortilgan.

Yozda u turmadan 10 million dollar miqdorida garov pulini to'lagani bois qo'yib yuborilgan. Amaldor va uning yaqinlarida buncha pul bo'lmagani uchun garovda qimmatli boyliklardan foydalanishga to'g'ri kelgan. Bular quyidagilar edi:

– “Rolex” va “Sartier Roadster” markasida 5 dona soat.

– “Hublot”, “Breitling”, “Panerai” brendlarining qimmatbaho soatlari.

– “Royal Oak Offshore” soati.

– “Ferrari”ning 2015 yil chiqarilgan mashinasi.

– “Range Rover”ning 2014 yil chiqarilgan mashinasi.

– “Mercedes-Benz”ning 2003 yil chiqarilgan mashinasi.

– Xotinining zeb-ziynatlari: brillant uzuk, qimmatbaho toshlardan iborat braslet, yoqutli ziynat, brilliantli taqinchoqlar.

– naqd 400 ming dollar.

– 10 er uchastkasi.

Ko'rinib turibdiki, FIFAda boshqaruv davri ancha qulay va shonli bo'lgan.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика