So’nggi yangiliklar

18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  1 18:40Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" "Ал Иттиҳод" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  11 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   0 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 18:15Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  5 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0

Fidoyi inson xotirasini yodlab Yangiliklar

Fidoyi inson xotirasini yodlab

Urganchda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mehnat faxriysi, fidoyi inson Bahodir Saparboevning porloq xotirasiga bag'ishlab mini futbol bo'yicha Xorazm viloyati markazidagi korxona, tashkilot va muassasalar jamoalari o'rtasida turnir o'tkazildi.

O'zbekiston istemol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi tashabbusi bilan uyushtirilgan mazkur xotira turniri ikki bosqichda tashkil etildi. Xususan, dastlabki bosqichda 19 ta jamoa maydonga tushdi. Ular orasidan omadli etti jamoa ikkinchi bosqichda uchrashuvlarni davom ettirdi.

Qizg'in kechgan o'yinlar natijasiga ko'ra, Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kolleji(direktorii SH. Ruzmatova) jamoasi birinchi o'ringa sazovor bo'ldi. Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kollejining mini futbolchilari ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 1-son Bolalar musiqa va sanat maktabi vakillariga uchinchi o'rin nasib qildi.

Musobaqaning yopilish marosimida qatnashgan O'zbekiston istemol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi raisi F. Baltaev g'olib va sovrindor jamoalarni erishgan muvaffaqiyati bilan qizg'in qutlab,  tegishli darajadagi diplom va sovg'alar bilan taqdirladi.

Baxtiyor XUDAYBERGANOV,


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика