FFF rahbari Mbappeni mazax qilgan Martines ustidan Argentina FFga shikoyat bilan chiqdi
23 dek 2022 18:48
Yangiliklar
FFF rahbari Mbappeni mazax qilgan Martines ustidan Argentina FFga shikoyat bilan chiqdi
Argentina JCH-2022 finalida Franciya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2) "Aston Villa" darvozaboni Kilian Mbappeni mazax qildi. Argentina terma jamoasining kiyinish xonasida Martines "vafot etgan Mbappe uchun" bir daqiqalik sukut elon qildi. Emiliano Argentinadagi chempionlik paradiga finalda xet-trik qayd etgan forvard yuzi tasvirlangan qo'g'irchoq bilan keldi.
Noel Le Gre ushbu voqealar yuzasidan Argentina Futbol Federaciyasi prezidentiga murojaat qilganini aytdi.
"Men Argentina Futbol Federaciyasidagi hamkasbimga xat yozdim. Buni nonormal holat deb bilaman. Sport musobaqasi sharoitida buni tushunish qiyin. Bu juda oshib ketdi. Mbappening xulq-atvori namunali edi", – dedi Franciya Futbol Federaciyasi rahbari.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar