Fevzi Davletov: Og'ir uchrashuv bo'ldi
16 iyu 10:02
Yangiliklar
Fevzi Davletov: Og'ir uchrashuv bo'ldi
Nima ham derdim, juda og'ir o'yin bo'ldi. Vodiyda doim qiyin bo'ladi. Muxlislarning bosimi seziladi. Bugun vertikal futbol bo'lishini kutgan edik. Birinchi bo'limda, yakkakurashlardan qochmay to'pni raqib tomonga surishga intildik. Agar, birinchi bo'limda buni uddalagan bo'lsak, ikkinchi taymda pozicion himoyalandik. Ishlashimiz kerak bo'lgan narsalar ko'p. Albatta ikkinchi bo'limni tahlil qilamiz.
Krimec afsuski, jarohat oldi. Hozir shifokorlar ko'rigida bo'lib turibdi. Ertaga uning jarohati qay darajada ekanligi malum bo'ladi.
Futbolchilik davrimdan beri Namangan yoki Farg'onada to'p tepish qiyin ekanligini bilaman. Albatta, tayyorgarlik ko'rish kerak. «Neftchi» – top jamoa va chempionlik uchun kurashmoqda. Ko'rganingizdek, bugun bizga yangi kuchlar etishmadi. Namanganda gol kiritish uchun imkonimiz bo'lgan bo'lsa, Farg'onada yarimda imkoniyat ham yarata olmadik. Bugun bizga qiyin bo'ldi.
Fikrlar