Fevzi Davletov: "Bu qanday sodir bo'layotganiga o'zim ham tushunmayapman"
11 mar 2024 22:39
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Bu qanday sodir bo'layotganiga o'zim ham tushunmayapman"
Fevzi Davletov: "Ikki xil taymlar guvohiga aylandik. Yigitlarga ishonch etishmadi. Ikkinchi bo'limda "Qizilqum" qarshi hujumga tayanib o'ynadi. Bu vaziyatdan chiqish kerak".
- Mavsum startidan avval kutilmaganda "Surxon"da bosh murabbiy o'zgardi. Jamoa dastlabki ikki turda ishonchsiz o'yin ko'rsatmoqda. Bularning ortida nima turibdi deb o'ylaysiz?
- Biz shu mavzuda yigitlar bilan suhbatlashib, sabablarini tushunishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda yomon harakat qilmadik. Psixologiya bo'lsa kerak deb o'ylayman.
- Nega Nimeli yo'q?
- Unda jarohat bor. Yana bazi futbolchilar davolanmoqda.
- Ularning jarohati jiddiy emasmi?
- Keyingi o'yindan avval ularning holatiga baho berib, qaror qabul qilamiz.
- "Surxon" ikkinchi taymni yaxshi boshladi, kiyinish xonasida ularga nimalar dedingiz?
- Yigitlar bilan jiddiy, baland ovozda suhbatlashib oldik.
- Birinchi goldan so'ng bugungi o'yinga qilgan rejalaringiz o'zgarib ketdimi?
- Bugun ijobiy natijaga reja qilib, hujumkor o'yin ko'rsatmoqchi edik. Raqibni pressingga taklif qildik, ammo himoyada xatolarga yo'l qo'ydik. Hujumkor o'yinni so'ragan edim.
- "Surxon" mart oyining o'zida yana "Navbahor" va "Andijon" bilan o'ynashi kerak. Jamoa uchun futbol bahori og'ir boshlandimi?
- Hamma bilan sifatli o'yin ko'rsatish kerak.
- "Surxon" Nimeliga juda bog'lanib qolganmi?
- Muhammad Ali Abdurahmonov "Paxtakor" bilan bahsda faol o'ynadi. Bugun unga imkon bergandik. Hammasini o'zingiz ko'rdingiz.
- Darvozabon ketma-ket ikkinchi tur qo'pol xatoga yo'l qo'yyapti.
- Bu qanday sodir bo'layotganiga o'zim ham tushunmayapman.
- "Qizilqum"dan shunday o'yin kutganmidingiz?
- Albatta. "Bunyodkor"ga qarshi bahsni ko'rdik, barchasini o'rgnib chiqdik.
- Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Uy o'yinlarini o'tkazish uchun "Surxon"ga Qarshi shahri yaqinroq edi, nega jamoa Toshkentda o'ynayapti?
- Biroz kutib turishimiz kerak. Ikkinchi davrada jamoa Termizga qaytadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar