So’nggi yangiliklar

12:53Туркияда ҳакамлар қимор ботқоғида: 150 нафардан ортиқ ҳакам тергов остида!  1 12:25Брендан Рожерс "Селтик" мураббийлигидан истеъфога чиқди  1 11:59ЎФФ президенти "Бенфика" клуби шароити билан танишди  1 11:38"Челси" қозоғистонлик футболчини Франция клубига ижарага беради  1 10:41"Барселона" МЮга керак бўлмай қолган яна бир футболчининг трансферига 70 миллион евро сарфлашга тайёр  2 10:10Ламин Ямал "Реал"га қарши ўйиндан сўнг ижтимоий тармоқдаги саҳифасига ўзгартириш киритди  12 09:42Винисиус нима учун "Реал"ни тарк этмоқчи эканлиги маълум бўлди  4 09:11МЮ ва "Челси" қизиқаётган футболчининг нархи 120 миллион фунт этиб белгиланди  3 08:30Пролига. Бугун тур якунланади  0 08:03“Олтин тўп”га даъвогарлар рейтинги эълон қилинди. Рўйхатда Дембеле йўқ  14 07:36Ямал қимматбаҳо харидни амалга оширади  2 01:45Дунёнинг энг қиммат ярим ҳимоячилари эълон қилинди: Беллингем ва Педри нечанчи ўринда?  8 01:19"Реал" сардори яна жароҳат олди  1 00:47"Реал" Винисиусни "Эл Классико"даги реакцияси учун жазолайдими?  4 00:13Суд "Барселона"дан Негрейра билан тузилган шартномаларнинг оригинал нусхаларини талаб қилди, аммо улар ҳозирча топилмади  13

"Fernandesga uzrim etib bordi. "Nijniy Novgorod"dan pastdagi jamoaga o'tmayman - Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan intervyu Yangiliklar

"Fernandesga uzrim etib bordi. "Nijniy Novgorod"dan pastdagi jamoaga o'tmayman - Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan intervyu

Intervyu vaqti!

Rossiya Premer Ligasining 20-turida "Nijniy Novgorod" CSKAga mag'lub bo'ldi. Gap shundaki, novgorodliklar safida to'p tepayotgan hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo'ldoshev bahsning 84-daqiqasida CSKA futbolchisi Mario Fernandes bilan to'qnashib ketdi. Havodagi harakatlardan so'ng Fernandesning burni sindi. Xo'sh, aslida vaziyat qanday bo'lgandi? Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan aloqaga chiqqan muxbirimiz shu va boshqa savollarga javob oldi. 

- Dastlab CSKA bilan kechgan o'yin haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Kuchli raqib bilan o'yinda jamoangiz munosib qarshilik ko'rsatishga urindi. Biroq yakunda gol o'tkazib yuborib kichik hisobda mag'lub bo'ldi...

- Avvalambor assalomu aleykum. Ushbu o'yinga hujumkor ruhiyatda tushgan edik. CSKA kabi kuchli raqiblarga qarshi bahslarda motivaciya o'z-o'zidan katta bo'ladi. Birinchi bo'lim oxirlarida qizil kartochka oldik. Uch ochko uchun chiqqandik. 10 kishi qolganimizdan keyin maydonning barcha chiziqlarida ikki karra kuch bilan o'ynashimiz talab etilardi. Ortga yo'limiz qolmagandi. Ikkinchi bo'limda himoyada yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. CSKA deyarli vaziyatlar yuzaga keltirgani yo'q. Buni hattoki rus sharhlovchilari ham takidladi. So'nggi daqiqalarda himoyamizdagi tartibsizlikdan raqib foydalandi. 

- Mario Fernandes bilan to'qnashuvingiz uchrashuvda barchaning etiborini tortgan vaziyat bo'ldi, deya olamiz. O'sha holat ishtirokchisi sifatida vaziyatni to'liq aytib bersangiz. O'yindan so'ng gaplashdinglarmi?

- Bu birinchisi emasdi. Himoyada, yarim himoyada ko'p to'qnashdik. Ikkinchi bo'lim so'nggida ikkinchi to'pga havoda kurash kechdi.  Mario burnidan jarohat oldi. Ochig'i qonni ko'rib unga rahmim keldi. O'zimga katta tasir qilmadi. Hozirda yaxshiman. O'yindan keyin darhol instagram orqali Mario Fernandesni izladim. Lekin bunday tarmoqdan foydalanmas ekan. Jamoadoshi Baxtiyor Zaynutdinov bilan bog'landim. Menimcha uzrim etib borgan, deb o'ylayman. 

- "Nijniy Novgorod" safida o'yiningiz ochilib bormoqda. Mahalliy mutaxassislar nazariga tushyapsiz. Yozda sizni kuchliroq chempionatda ko'rishimiz mumkinmi?

- So'nggi o'yinlarda kutilganidek o'ynashga harakat qilyapman. To'g'ri murabbiy va mutaxassislar nazariga tushyapman. Yozda qaysi chempionatga o'tishim mumkin? To'g'risi biror narsa deya olmayman. Vaqt ko'rsatadi. 

- Vladikavkazning "Alaniya" jamoasi bosh murabbiyi Spartak Gogniev sizga qiziqish bildirganini, hujumkor uslubga mos kelishingizni aytdi. Bunga sizning munosabatingiz qanday?

- Buni sizdan eshitmoqdaman. "Alaniya" "Nijniy Novgorod"dan pastda. Hozirgi klubimdan past jamoaga o'tmayman. Maqsadim - oldinga intilish. Boshqa tomondan Rossiyada qolaman, deb ham ayta olmayman.

- O'zbekiston Superligasining dastlabki turlarini kuzatganingiz tabiiy. Qanday xulosalar oldingiz?

- Ko'rdimki, hamma klublarda o'zgarishlar katta. "Paxtakor" hozir ham yaxshi tarkibga ega. Himoyaga kerakli o'yinchilar olingan. Yarim himoyada Ikrom Aliboevning tajribasi yordam berishi shubhasiz. "Navbahor"mi, "Lokomotiv"mi tarkibida nomdor o'yinchilar bor.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика