Ferdinand: "Menimcha, futbolchilarga Tomas Tuxel bilan ishlash yoqadi"
17 okt 2024 15:53
Yangiliklar
Ferdinand: "Menimcha, futbolchilarga Tomas Tuxel bilan ishlash yoqadi"
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand terma jamoa azolariga Tomas Tuxel bilan ishlash maqul kelishini taxmin qildi.
Avvalroq, Tuxel Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangani xabar qilingandi.
"Menima, futbolchilar baxtiyor bo'lishadi. Ishonchim komil, ular Tomas avval birga ishlagan futbolchilarga qo'ng'iroq qilib, Tuxel haqida so'rashadi. Balki kimlardir avvaliga o'ziga unchalik ishonmas, ammo vaqt o'tib Tuxel ularga ruhan ijobiy tasir o'tkaza oladi. Taxminimcha, Tomas birinchi mashg'ulotdayoq futbolchilarga qanday qilib sovrin yutmoqchiligini aytib beradi".
Eslatib o'tamiz, avvalroq inglizlar sardori Harri Keyn yangi murabbiy haqida fikr bildirgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar