Fekir: “Lion” yaxshi o'ynadi, ammo futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi o'z ishini bajardi”
14 mar 2019 21:50
Yangiliklar
Fekir: “Lion” yaxshi o'ynadi, ammo futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi o'z ishini bajardi”
“Lion” forvardi Nabil Fekir ECHL 1/8 finalida “Barselona”ga (1:5) qarshi bellashuv haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Francuz jamoasi sardorining aytishicha, “Lion” futbolchilari kataloniyaliklar etakchisi va sardori Lionel Messiga bas kela olishmadi.
“Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. Ammo futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi shu kuni o'z so'zini aytdi. U “Lion” g'alaba qozona olmasligi uchun barcha ishni qildi. Agar u gol urmasa, jamoadoshlariga golli uzatmani amalga oshiradi. Agar assistentlik ham qilmasa, o'yinni boshqaradi. G'alaba qozonish qiyin edi, Messi to'xtatish esa bajarib bo'lmaydigan ish edi”, deya Fekirning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda El Periodico.
Eslati o'tamiz, “Lion”ga qarshi bahsda Messi “dubl” qayd etish bilan birga ikki bor jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar